Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Angliya futbol assotsiatsiyasi Premyer Liga klublarining so‘nggi 12 oy ichida (2020-yilning fevralidan 2021-yil fevraligacha) futbol agentlariga sarflagan mablag‘larini hisoblab chiqdi, deya xabar qilmoqda The Guardian.

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Umumiy miqdorda jamoalar bir yil ichida agentlarga 272 220 223 funt sarflagan. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqirozga qaramay, mazkur ko‘rsatkich bir yil avvalgisidan o‘sgan — 2020-yilda bu raqam 263 368 860 funtga teng edi.

Agentlarga eng ko‘p pul sarflagan klub “Chelsi” bo‘ldi — 35 247 822 funt. Keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (30 174 615) va “Manchester Yunayted” (29 801 555). Bu borada “Vest Bromvich” (4 222 059) hammadan kam mablag‘ sarflagan.

Bu vaqt davomida “Chelsi” o‘z safiga Kay Haverts, Timo Verner, Hakim Ziyosh va Ben Chiluell kabi futbolchilarni qo‘shib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi