Qandli diabet – bu hayot sifatiga va uning davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan kasallikdir. Agar ushbu kasallikning tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, vaznni nazorat qilish, uglevodlarni hisoblash va shakar miqdorini kuzatib borish kerak. Shuningdek, salomatlikni yaxshilab himoyalash uchun bir qancha odatlarni amalga oshirish lozim. Ular xavfli asoratlarni kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Grippga qarshi emlash

Yuqumli kasalliklar ayniqsa, ikkinchi toifali qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar uchun juda xavflidir. Bundan tashqari, diabetga chalingan bemorlarga boshqalarga qaraganda gripp tezroq yuqadi. Shuning uchun har yili grippga qarshi emlanish, shuningdek, virusli kasalliklar xavfi yuqori bo‘lgan mavsumda profilaktika choralarini ko‘rish kerak.

Oftalmolog tekshiruvdan o‘tish

Qandli diabet kattalar orasida ko‘rish qobiliyatining asosiy sababidir. Har yili ko‘z salomatligini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish ham ko‘rish qobiliyatining buzilishining oldini olishi mumkin. Shuningdek, qand kasali makula shishishi, katarakta, glaukoma xavfini oshiradi. Muntazam ravishda oftalmologga murojaat qilish orqali kasallikning ilk bosqichida aniqlash mumkin.

Sport bilan shug‘ullanish

Qondagi shakar miqdori, shu jumladan, qandli diabetni tartibga solishning eng samarali usullaridan biri – bu muntazam mashqlardir. Shifokorlar kuniga kamida 30 daqiqani piyoda yurish, suzish yoki yugurishga bag‘ishlashni tavsiya etadi. Doimiy aerob mashqlardan tashqari haftada ikki marta kuch-quvvat mashqlarini o‘tkazib turish kerak.

Kletchatkaga boy mahsulotlar iste’mol qilish

Kuniga kamida 50 gramm kletchatkaga boy mahsulot iste’mol qiladigan odamlarning qonida shakar me’yorida bo‘ladi va uning ortib ketish ehtimoli kam. Shuningdek, ular to‘qlik hissini berib, uglevodlarning singishini sekinlashtiradi.

Buyrak salomatligini nazorat qilish

Agar shakar miqdori uzoq vaqt davomida me’yoridan ortiq bo‘lsa, bu buyraklarni ortiqcha zo‘riqtiradi. Ularning yanada faol ishi tufayli ma’lum bir oqsil faol ravishda sintez qilinadi. Natijada buyrak yetishmovchiligi xavfini oshiradi. Qandli diabetning ikkinchi toifasi aniqlangan bemorlar kamida yiliga bir marta peshobdagi glomerulyar filtratsiya darajasi va albuminni bilish uchun skrining tekshiruvidan o‘tishi kerak. Bundan tashqari, qon bosimi darajasini nazorat qilish ham juda muhim.

Insulinning muddatini nazorat qilish

Muddati o‘tgan yoki tugayotgan insulin samarasi ancha past bo‘lib, undan foydalanish sog‘liqqa jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Nafaqat preparatning yaroqlilik muddatiga, balki ochilgandan keyingi muddatga ham e’tibor berish zarur. Har qanday vaziyatda ham muddati o‘tgan insulindan foydalanish taqiqlanadi.

Oyoqlar holatini kuzatish

Qandli diabetning ikkinchi toifasiga chalingan bemorlarning 15 foizi oyoq yarasini rivojlantiradi. Afsuski, ushbu kasallik tufayli sezgirlik kamayadi. Shuning uchun bemorlar paydo bo‘lgan kasallikni sezmaydi. Muntazam ravishda ortoped bilan maslahatlashish, oyoqda yara va boshqa kasalliklar paydo bo‘lmasligi uchun qulay poyabzal kiyish tavsiya etiladi.