Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga yigirma yillar oldin tushgan rasmini joylab, barchani bayram bilan tabrikladi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Bu surat olinganiga yigirma yilcha bo‘ldi. Men unda 19 yoshlarda edim – yuragi quvonch va orzu-umidlarga to‘la yoshgina qizaloq...

Bugun osmonga nazar tashlab, Toshkentimiz uzra suzib ketayotgan pag‘a-pag‘a oppoq bulutlarga ko‘zim tushdi. Ko‘nglimdan yana o‘sha bolalarcha zavq-u shavq, cheksiz quvonch tuyg‘usi kechdi.

Sizning ham qalbingiz doim sevinchga to‘la bo‘lsin. Bahoriy gullar hayotingizga faqat yorqin ranglar olib kirsin. Xonadoningizda halovat, tinchlik-xotirjamlik hukm sursin.

Bayram muborak, azizlarim!” — deb yozadi Saida Mirziyoyeva

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Saida Mirziyoyeva pianino chalayotgan qizi Saodatning fotosi va o‘g‘li Miromon chizgan “Troya” suratini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi