Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli bir qator hududlarda so‘nggi 60 yil ichidagi eng yirik suv toshqinlari yuz berdi. Bu haqda Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati bosh vaziri Gledis Berejiklyanga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Xabarga ko‘ra, qirg‘oqdagi xavfli pasttekisliklardan allaqachon 18 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Sinoptiklar yomg‘ir 24-mart, chorshanba kunigacha davom etishini istisno qilmagani sababli evakuatsiya qilinganlar soni yana minglab kishiga ortishi mumkin.

Berejiklyanning aytishicha, aholisi eng ko‘p shtat hisoblanuvchi Yangi Janubiy Uelsda vaziyat kutilganidan yomonroq bo‘lib chiqqan.

“Mid-Nort qirg‘oqbo‘yi mintaqasidagi shaharlardan 15 mingga yaqin odam, Nepin va Xoksberi daryolaridan ko‘tarilgan toshqinlariga uchragan g‘arbiy Sidneydan esa yana 3000 kishi evakuatsiya qilindi”, —  dedi u.

“Men mamlakat tarixida bunday tezkor ketma-ketlikda, bu qadar keskin ob-havo sharoiti kuzatilgan birortayam holatni bilmayman”, — dedi Berejiklyan va “oldinda juda qiyin hafta kutib turganini” ta’kidlab o‘tdi. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, shtatning g‘arbiy mintaqalaridagi ba’zi joylarda 1961-yildan beri ilk bor eng yomon toshqin kuzatilgan.

Videolavhalar va ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlar shuni ko‘rsatadiki, tez harakatlanayotgan suv uylarni, yo‘llarni buzib, daraxtlarni oqizib ketgan va yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazgan. Favqulodda xizmatlar zarar ko‘rgan uylarning umumiy sonini “yuzlab” deya taxmin qilmoqda. Shtat bo‘ylab bir nechta yirik yo‘llar yopilgan va aksariyat maktablarda darslar bekor qilingan.

OAV xabariga ko‘ra, ob-havoning keskin o‘zgarishi Avstraliya hukumatining COVID-19 vaksinalarini Yangi Janubiy Uels bo‘ylab tarqatishiga salbiy ta’sir qilgan. Tabiiy ofat tufayli buzilgan rejalarga ko‘ra, kelgusi bir necha hafta ichida mamlakatning 6 millionga yaqin aholisiga vaksinaning birinchi dozasi yetkazib berilishi kerak edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?