AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 7-mart tongida UFC 259 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: UFC

Unda uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi. Yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Yan Blahovich o‘rta divizion chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. O‘ta yengil vazn chempioni Pyotr Yang Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qiladi. Ayollar divizioni umumiy reytingi yetakchisi Amanda Nunyes esa Megan Anderson bilan to‘qnash keladi.

Shuningdek, asosiy karddan rossiyalik yakkakurashchi Islom Maxachev va Dryu Dober o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 03:30 da boshlandi. Asosiy kard esa soat 08:00 dan start oladi.

UFC 259 musobaqasi janglarini bu yerda kuzatib borish mumkin — havola.

Asosiy kard

  • Yan Blahovich (27-8) — Israel Adesanya (20-0)
  • Amanda Nunyes (20-4) — Megan Anderson (11-4)
  • Pyotr Yan (15-1) — Aljemeyn Sterling (19-3)
  • Islom Maxachev (18-1) — Dryu Dober (23-9)
  • Tiago Santos (21-8) — Aleksandr Rakich (13-2)

Prelim kard

  • Dominik Kruz (22-3) — Keysi Kenni (16-2-1)
  • Song Yadong (16-4-1) — Kayler Fillips (8-1)
  • Jozef Benavides (28-7) — Askar Askarov (12-0-1)
  • Rojerio Bontorin (16-2) — Kay Kara Frens (21-9)
  • Tim Elliott (16-11-1) — Jordan Espinoza (15-8)
  • Kennedi Nzechakvu (7-1) — Karlos Olberg (3-0)
  • Shon Bredi (13-0) — Jeyk Mettyus (17-4)
  • Liviya Souza (14-2) — Amanda Lemos (8-1-1)
  • Urosh Medich (6-0) — Aalon Kruz (8-3)
  • Mario Bautista (8-1) — Trevin Jons (12-6)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!