• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Golos” shousining eng yorqin ishtirokchilari taqdiri qanday kechdi? (foto)

    Gollandiyaning The Voice shousining ruscha versiyasi bo‘lgan “Golos”ning 9-mavsumi 2020-yilning kuzida start olgan. Yakuniy natijaga ko‘ra, boshqirdistonlik Yana Gabbasova g‘olib deb topilgan. Ilk marta 2012-yilda efirga uzatilgan va nafaqat Rossiya, balki dunyoning boshqa burchaklarida ham sevib tomosha qilinadigan loyihaning barcha mavsumlaridagi eng yorqin ishtirokchilar hayotida qanday o‘zgarishlar yuz bergani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Dina Garipova — 1-mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Millionlab muxlislar qalbidan joy olib, birinchi mavsumning g‘olibiga aylangan 21 yashar Dina 2013-yildagi “Yevrovideniye”da 5-o‘rinni egallagan. 22 yoshida esa Tataristondagi eng yosh xizmat ko‘rsatgan xonanda deb topilgan. “Golos”dan so‘ng boshqa ishtirokchilar bilan mamlakat bo‘ylab gastrol safarlariga chiqqan Dina keyinchalik yakkaxon konsert bera boshlagan. 2015-yilda esa Aleksandr Gradskiy nomli musiqiy teatrda aktrisa sifatida faoliyat boshlagan ijodkor bugungi kunda ham yangi qo‘shiq va kliplar taqdim qilib turadi. 4 yil avval turmushga chiqqan xonanda turmush o‘rtog‘ining ismini sir tutishni abzal biladi.

    Sevara Nazarxon — 1-mavsum finali ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    O‘zbekistonlik Sevara mazkur loyihada ishtirok etguniga qadar ham yetarlicha mashhurlik va muvaffaqiyatga erishib bo‘lgan. Repertuarida oltita yakkaxon albom bo‘lgan, Piter Gebrielning AQSh, Kanada va Yevropaning eng katta maydonlarida bo‘lib o‘tgan, ellikdan ortiq konsertlarni o‘z ichiga olgan “Growing Up” nomli jahon turida ishtirok etgan, shu bilan birga BBC World Music Award mukofotining eng yaxshi osiyolik xonanda yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Loyiha davomida aksariyat muxlislar Sevaraga muxlislik qilgan va uning birinchi bo‘lishini istagan. “Golos”dagi ishtirokidan keyin qo‘shiqchi Rossiya kanallari orqali efirga uzatiladigan boshqa loyihalarda ham ishtirok etgan. 2016-yilda ikkinchi marta ona bo‘lgan Nazarxon biroz muddatdan keyin yangi albomi ustida ishlashni boshlab yuborgan.

    Sergey Volchkov — 2- mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ishtirokiga qadar ham bir qancha musiqiy tanlovlarda muvaffaqiyatga erishib ulgurgan Sergey g‘olib deb e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tib ota bo‘lgan. Bugungi kunda u konsert va yangi qo‘shiqlar taqdim qilishda davom etish bilan birga, ikki nafar farzandni tarbiyalamoqda.

    Nargiz Zokirova — 2-mavsum finali ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Hayotini o‘zgartirib yuboradigan karyera tomon qadam tashlaganida xonanda 42 yoshda bo‘lgan. AQShda X-factor nomli musiqiy loyihada ishtirok etganidan keyin Nargiz prodyuserlarning qo‘ng‘irog‘ini kutish bilan birga “Golos”da ham qatnashib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Ishtirokidan keyin muxlislar uni eng yaxshi deb topilishiga umid qila boshlagan.

    Shoudan keyin Nargiz Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qila boshlagan. Karyera borasida omadi chopgan xonanda yangidan-yangi qo‘shiqlar taqdim qilishdan charchamaydi. Ko‘plab gastrol safarlariga boradigan va yakkaxon albom yozishga ulgurgan Nargizning hayotida ham o‘zgarish yuz bergan. U 20 yil birga yashagan turmush o‘rtog‘i, italiyalik Filipp Balzano bilan ajrashgan.

    Tina Kuznetsova — 2-mavsum finali ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Bolaligidan musiqa bilan shug‘ullangan va folk-guruhiga asos solgan Tina asosan milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni kuylagan. Yuriy Usachevning rafiqasi bo‘lgan Kuznetsovaning Gabriel ismli farzandi bor. Yangi qo‘shiqlar yozishdan charchamaydigan xonanda Rossiya bo‘ylab konsertlar taqdim qilib turadi.

    Andrey Davidyan — 2-mavsum ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Shirali ovozi bilan muxlislarni “sehrlash”ga muvaffaq bo‘lgan Davidyan chorak finaldan keyin loyihani tark etgan. Ammo bu bilan karyerasi to‘xtab qolmagan. Ijod qilish va qo‘shiq yozishda davom etgan Andrey esda qolarli konsert dasturlari berishga ham muvaffaq bo‘lgan. 2016-yilning noyabrida Davidyan yurak xurujidan vafot etgan.

    Aleksandra Vorobyova — 3-mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    G‘olib deb topilganidan keyin Aleksandra muxlislarga ko‘rinish bermay qo‘ygan. Gastrol safarlariga chiqishdan tashqari Vorobyova teatrda ham faoliyat olib bora boshlagan.

    Mariam Merabova — 3-mavsum finali ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Loyihadagi ishtirokidan keyin “Yevrovideniye”da Dima Bilanga bek-vokalist sifatida yordam bergan Mariam, bugungi kunda jaz yo‘nalishidagi konsertlarini taqdim qilib keladi. Shoudan so‘ng ijodkor 53 kg vazn tashlagan.

    Iyeromonax Fotiy — 4-mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    G‘olib deb topilganidan keyin Fotiy Universal Music Russia bilan shartnoma imzolagan va Lada XRay mashinasining kalitini qo‘lga kiritgan. Loyiha tugaganidan keyin u avval faoliyat yuritganidek cherkovga qaytgan hamda cherkov xorida qo‘shiq kuylashda davom etgan.

    Regina Todorenko — 4-mavsum ishtirokchisi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    “Oryol i reshka” ko‘rsatuvining mashhur boshlovchilaridan biri bo‘lgan Regina shoudan avval “Yulduzlar fabrikasi”da ham ishtirok etib ulgurgan. 2018-yilda xonanda Vlad Topolovga turmushga chiqqan Todorenka shu yilning dekabr oyida farzandli bo‘lgan.

    Darya Antonyuk — 5-mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Darya talabalik davrida loyihada ishtirok etish uchun kelgan. Avvalroq “Izquvar” serialida suratga tushgan Antonyuk 2017-yil “Yevrovideniye”da Rossiya nomidan ishtirok etish uchun eng asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan. Ammo nomzodlar orasidan u emas, Yuliya Samoylova tanlab olingan.

    Selim Alaxyarov — 6-mavsum g‘olibi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Loyihada ishtirok etguniga qadar Alaxyarov “Rossiyaning oltin ovozi” loyihasida 100 nafar ishtirokchi orasida eng yaxshisi deb topilib, Gran-prini qo‘lga kiritgan. Hay’at a’zolaridan Lyubov Kazarnovskaya Selimning iste’dodiga maftun bo‘lgan va loyihadan keyin uni “Yulduz bilan duet” loyihasiga stajirovkaga taklif qilgan. Alaxyarov “Golos”  shousida g‘olib bo‘lgan ilk kavkazlik ishtirokchi hisoblanadi.

    Mavzuga doir:

    • “Bu hayotimdagi eng muhim davrlar edi”. Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi
    • Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)
    • “Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Nargiz Zokirova Rossiyadan nafratlanishi haqidagi gap-so‘zlar bo‘hton ekanligini ma’lum qildi

    03.03.2021, 20:58   Izoh (0)   38956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anjelina Joli Bred Pittning sovg‘asini 11,5 million dollarga sotib yubordi

    03.03.2021, 19:57

    Zohirshoh Jo‘rayev otasi Sherali Jo‘rayevning Turkiyada ekanligini rad etib, qanday kasallik bilan og‘riganini aytdi

    03.03.2021, 18:59

    Arnold Shvarsenegger, Jonni Depp, Merilin Monro va boshqa jahon kinosi yulduzlarning sevimli rollari (foto)

    03.03.2021, 14:59

    “Mo‘jizakor ayol” — Gal Gadot uchinchi marta ona bo‘ladi

    03.03.2021, 13:34

    O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi

    03.03.2021, 11:55

    Instagram: Jahongir Otajonov Turkiyaga qochib ketganmi? Plastik operatsiya qildirganini tan olgan xonanda, Umidalar tug‘ilgan kun

    02.03.2021, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.