So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +3°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi

    27.02.2021, 20:12 32474

    Qurollangan jangarilari Nigeriyaning Zamfara shtatida maktabga hujum uyushtirib 317 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Associated Press shtat ma’muriyatining rasmiy vakili Muhammad Shexuga tayanib, xabar bergan.

    Foto: Anadolu Agency

    Foto: Anadolu Agency

    26-fevral kuni tungi soat 01:45 da jinoyatchilar 20 ta mototsiklda Jangebe shahridagi davlat maktabiga kelgan. Ular qizlar yotoqxonasiga bostirib kirib, maktab hududida taxminan uch soat bo‘lgan va qizlarni o‘rmonga olib ketgan, deb yozmoqda CNN. Hujum vaqtida bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

    Muso Mustafo ismli mahalliy aholi vakili jinoyatchilarning maktab yaqinidagi harbiy lager va nazorat-o‘tkazish punktiga ham hujum uyshtirganini aytgan. Qayd etilishicha, qo‘poruvchilar harbiylarning o‘z hujumiga xalaqit qilishini istamagan.

    Maktab-internatda taxminan 500 nafar o‘quvchi qiz yashagan va o‘qigan. Ularning ayrimlari jangarilar qo‘lidan qochib qutilgan va yotoqxonaga qaytgan, deyiladi CNN manbasi bergan axborotda.

    Zamfara shtatida odamlarni o‘g‘irlaydigan va tovon puli evaziga yaqinlariga topshiradigan yoki qamoqdagi sheriklarining ozodlikka chiqarish evaziga ularni qo‘yib yuboradigan bir nechta jangari guruhlar faoliyat olib boradi.

    So‘nggi yillarda Nigeriyada odam o‘g‘irlash va fuqarolarga hujum qilishga qaratilgan harakatlar juda ko‘p amalga oshirilgan. 2014-yil aprel oyida “Boko haram” jangarilari guruhi Borno shtatida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. Qizlarning 100 nafardan ortig‘i hanuzgacha topilmagan. 2020-yil dekabr oyida 344 nafar o‘quvchi Katsina shtatidagi maktabdan 344 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

    2018-yilda Nigeriyada “Boko haram” jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgan. 2020-yil iyun oyida Nigeriya shimoli-sharqiga uyushtirilgan hujum oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Qaroqchilar Gvineya ko‘rfazida yuk kemasiga hujum qilib, 15 nafar turk dengizchisini asirga oldi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiqda “otopleniye” yoqilgani bois xonadonlarni suv bosgani xabar berilgandi. Hokim, prokuror va deputat suv bosgan xonadonlarga bordi

    Bugun, 00:19

    Qozog‘iston G‘azo sektoriga 38 tonna gumanitar yordam yubordi (foto)

    Kecha, 23:59

    APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Nyukasl” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 23:38

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    Kecha, 23:31

    Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi ikki oyga qamaldi

    Kecha, 23:15

    Andijon hokimi dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazib, Izboskan tumani hokimini ishdan oldi

    Kecha, 22:56

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    Kecha, 22:40

    Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

    Kecha, 22:36

    “Granada” va “Atletik” o‘rtasidagi bahs tribunadagi muxlisning ahvoli yomonlashgani tufayli to‘xtatildi

    Kecha, 22:16

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.