Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning ilon tutish bilan shug‘ullanuvchi Snake Catchers Brisbane & Gold Coast kompaniyasi tomonidan joylangan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bosh qotirishiga sabab bo‘ldi. Unda ko‘rinmas ilon suratini topish kerak bo‘lgan.

Foto: News.Mail.ru

Foto: News.Mail.ru

Oddiy uy hovlisidagi bog‘ hamda basseynning bir qismini ko‘rish mumkin bo‘lgan suratda, shuningdek, ilon ham aks etgan bo‘lib, uni payqash oson emas.

Foydalanuvchilardan ba’zilari ilonni gul barglari tagiga yashiringan degan bo‘lsa, boshqalar markazga yaqin joydagi ko‘kimtir aksni ilonning boshiga o‘xshatgan.

Foto: Facebook / snakecatchers

Foto: Facebook / snakecatchers

Eng e’tiborli kuzatuvchilar suratdan jonivorni topishga muvaffaq bo‘lgan. Sahifa obunachilaridan biri ilonni topish uchun haddan ortiq ko‘p vaqt sarflaganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi