Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Prezident Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan bahsda “Shabob Al-Ahli” 22-fevral, dushanba kuni “Bani Yas” klubi mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Bahsni “Shabob Al-Ahli” minimal hisobda o‘z foydasiga hal qildi. Uchrashuvni Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda boshladi. O‘zbekistonlik futbolchi 71-daqiqa o‘z o‘rnini sherigi Muhammad Jumaga bo‘shatib berdi. Bellashuvdagi yagona gol Jaloliddin maydonni tark etganidan 3 daqiqa o‘tib Igor Jesus tomonidan urildi.

Musobaqaning finalida Dubay klubi Otabek Shukurov harakat qiladigan “Sharja” klubiga qarshi to‘qnash kelishi mumkin. “Sharja”—“An-Nasr” uchrashuvi 22-fevral, dushanba kuniga belgilangan.

Prezident Kubogi

Yarim final bahsi

22-fevral, dushanba

“Bani Yas”—“Shabob Al-Ahli” 0:1

Gol: 0:1 — 74 Igor Jesus.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!