Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turida “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Levante”ni 20-fevral, shanba kuni qabul qildi.
Uchrashuvda mehmon jamoaning qo‘li baland keldi. Bellashuvning 30-daqiqasida “Levante” hujumchisi Luis Morales jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida Xorxe de Frutos “Levante”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa peshqadamning La Liga doirasida 11 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. “Matraschilar” ushbu o‘yinlarning 9 tasida g‘alaba qozonib, 2 tasida durang o‘ynagan.
Diyego Simeone shogirdlari mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham 55 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. G‘alabaga erishgan “Levante” esa 31 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
La Liga
24-tur bahslari
20-fevral, shanba
“Atletiko M”—“Levante” 0:2
Gollar: 0:1 – 30 Morales, 0:2 – 90+5 De Frutos.
“Atletiko”: Oblak, Felipe, Ximenes (Lemar, 54), Ermoso, Lodi, Kondogbia (Torreyra, 61), Lyorente, Korrea (Rikard Sanches, 61), Koke (Dembele, 74), Joau Feliks, Suares.
“Levante”: Kardenas, Rober, Duarte, Tono (Klerk, 71), Koke (Son, 71), Rochina (De Frutos, 62), Bardi, Malsa, Vezu, Leon (Dani Gomes, 62), Morales (Vukchevich, 80).
Ogohlantirishlar: Vezu (36), Kardenas (69), Koke (70), Lemar (70), Rober (90).
“Elche”—“Eybar” 1:0
Gol: 1:0 – 33 Kalvo.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)