Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Zimbabve aholisini koronavirusga qarshi Xitoyning Sinovac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina bilan emlashni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu Afrika davlatiga 200 ming doza vaksina xayriya qilgan. O‘z navbatida Zimbabve mart oyida yetkazib berilishi kelishilgan 800 ming dozaga yaqin qo‘shimcha vaksina sotib olgan.

Birinchi bosqichda vaksina shifokorlar, davlat amaldorlari, 60 yoshdan oshganlar va boshqa xavf ostidagi guruh vakillariga beriladi.

Shuningdek, emlashning ushbu bosqichida Sinovac preparati koronavirusning Janubiy Afrikada paydo bo‘lgan hamda Zimbabveda tarqalgan mutatsiyasiga qarshi qanchalik samarali ekani haqidagi savolga javob berishi kerak.

Zimbabve axborot vaziri Monika Muzvangvining so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda hukumat aholining 22 foizini emlashni rejalashtirmoqda. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarning har birida 18,4 foizdan aholi emlanadi.  Shu tarzda, maqsad qilinganidek, aholining deyarli 60 foizi emlanadi. Umumiy hisobda Zimbabveda 16 millionga yaqin odam yashaydi.

2021-yil 18-fevral holatiga ko‘ra, Zimbabveda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 35 mingdan oshgan, kamida 1,4 ming kishi vafot etgan, 31 mingdan ortiq bemor sog‘aygan.

Avvalroq Venesuelada aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlangani haqida xabar berilgandi. 2020-yil noyabr oyida Venesuelada “Sputnik V” sinovdan o‘tkazilgan. Sinovda 2 ming kishi, shu jumladan, mamlakat prezidentining o‘g‘li Maduro Gerra va uning opasi Mariya Tereza ishtirok etgan.

Kongo davlatida esa Ebola kasalligiga qarshi emlash kampaniyasi rasman boshlangani ma’lum qilingan. Xabarga ko‘ra, vaksinani Ebola kasalligidan ilk bemor davolanib chiqqan Matanda shifoxonasining tibbiyot xodimlari qabul qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi