Daryo

Zamonaviy san’at shaydolari uchun Yaponiyaning diqqatga sazovor joylari (foto)

Quyoshli mamlakat — Yaponiyada yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, madaniy hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p

3 daqiqa o‘qish44 871 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Harper’s Bazaar

Quyoshli mamlakat — Yaponiyada yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, madaniy hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p. Yayoi Kusama installyatsiyalari to‘plami, dunyodagi eng baland muzey, haykaltaroshlik bog‘lari hamda san’at orollari sizni maftun qilishi, shubhasiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Yayoi Kusama muzeyi, Tokio

Mamlakatda zamonaviy rassomchilikning taniqli vakili Yayoi Kusamaning 2017-yilda o‘zining faol ishtiroki bilan tashkil etilgan shaxsiy muzeyi bor. Mazkur muzey ikki yillik tanaffusdan so‘ng, 2020-yilda qayta ochildi: chiptalarni internet orqali oldindan buyurtma qilish lozim. Muzeyda rassomning Yaponiya va chet ellarda namoyish etilmagan so‘nggi asarlari o‘rin olgan. Mart oyining oxirigacha muzeyda Kusamaning so‘nggi o‘n yil ichidagi eng katta xitlaridan biri — “Ko‘zguli xonaning cheksizligi” nomli psixologik asaridan bahramand bo‘lish mumkin. Shuningdek, muzey menyusida rassomning yangi “Gullar shaydosi” asari ham o‘rin olgan.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Naosima art-oroli, Tesima va Inujima

Seto ichki dengizidagi kichik orollarni art-arxipelagga aylantirish g‘oyasi tadbirkor va milliarder Soichiro Fukutake xayoliga Yaponiya iqtisodiyoti eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan 80-yillarning o‘rtalarida kelgan. Ikki korporatsiya — Benesse Holdings, Inc va Fukutake Foundation zamonaviy rassomlar, taniqli me’morlar va haykaltaroshlar bilan hamkorlikda ish boshladi. Ularning sa’y-harakatlari natijasida orollar tabiati art-syurrealizm ko‘rinishiga ega bo‘ldi.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Ochiq osmon ostidagi Hakone muzeyi

Odatda, sayyohlar Hakonega tabiatdan zavq olish uchun boradi: mox bilan qoplangan o‘rmon, sokin ko‘l, osoyishta qarag‘ayzorning toza havosi. Endi bu go‘zalliklarga yuzta ochiq turdagi art-inshootlarni qo‘shing: Rodin, Miro va Genri Mur haykallaridan tortib zamonaviy rassomlarning murakkab asarlarigacha. Ochiq osmon ostidagi Hakone muzeyi 70 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan bo‘lib, san’atning mukammal uyg‘unligini shu yerdan topasiz.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Sapporo art-parki, Sapporo

Yana bir ajoyib ochiq osmon ostidagi muzey shimoliy orol — Xokkaydoda joylashgan. Odamlar bu yerga iliq mavsumda kelishadi (muzey apreldan noyabrgacha ishlaydi): san’at asarlari bilan to‘la o‘rmon bo‘ylab sayr qilish uchun bu yerda 74 ta san’at asari mavjud. Ba’zi installyatsiyalar retrofuturistik uslubda bo‘lib, tushunish qiyin. Ba’zilari esa yapon mentalitetini mukammal aks ettiradi.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Mori

Mori art-muzeyi Tokioning Roppongi tumanidagi 54 qavatli binoda joylashgani uchun eng yuqorida joylashgan badiiy kolleksiya hisoblanadi. Muzeyda doimiy kolleksiya yo‘q, aksincha ekspozitsiyalar doimiy ravishda o‘zgarib turadi, sayt yangi loyihalar va ko‘rgazmalarni qabul qiladi. Muzey ta’mirlash ishlari sababli butun qish bo‘yi yopiq edi, ammo shu yilning 22-aprelidan qayta ochilishi rejalashtirilgan.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Fukusima shahar-muzeyi

Fukusima 2011-yilgi dahshatli ofatdan to‘liq qutulib, shahar ochilishini faxr bilan e’lon qilgan shahar-muzeydir. Markaziy ko‘chalardagi grafittilar shaharni ochiq osmon ostidagi zamonaviy san’at muzeyiga aylantirgan. Agar sizni ko‘cha san’ati qiziqtirsa, bu shahar aynan sizbop ekanligi aniq.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar
Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar