Daryo

Muzlamaydigan ko‘llar o‘lkasi — Oltoyda joylashgan Oqqush ko‘liga sayohat (foto)

Oqqush ko‘li — Oltoy o‘lkasining tashrif qog‘ozi bo‘lib, turistlarning ko‘p qismi aynan qushlarni tomosha qilish uchun bu yerga keladi

2 daqiqa o‘qish49 776 ko‘rishlar0 izoh0
Oltoy — qushlar qishlash uchun qoladigan Rossiyadagi yagona hudud Foto: “RIA Novosti”

Oltoy o‘lkasi — qushlar qish mavsumida ham qoladigan Rossiyadagi yagona hudud hisoblanadi. Oqqushlar har yili muzlamaydigan Oltoy ko‘llariga qishlash uchun uchib keladi. Shu sababli 1970-yilda oqqushlarni himoya qilish maqsadida Oltoy tog‘ yonbag‘rida tabiat qo‘riqxonasi tashkil etilgan.

Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”

Oltoy o‘lkasida -40 darajali sovuqda ham muzlamaydigan ko‘llar bor. Buloq suvlari tufayli yilning har qanday davrida suv harorati 4-6 daraja iliq bo‘ladi. Bu esa qushlar uchun qulay muhit yaratadi.

Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”

Dastlabki yillarda bu yerda 10 dan ortiq qush qishlagan. Hozirda esa har qish mavsumida ko‘lda yuzlab oqqushlar, minglab o‘rdaklar qishlaydi. Qushlar qo‘riqxona xodimlari tomonidan oziqlantiriladi, brakonyerlardan himoya qilinadi.

Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”

Oqqush ko‘li — Oltoy o‘lkasining tashrif qog‘ozi bo‘lib, turistlarning ko‘p qismi aynan qushlarni tomosha qilish uchun bu yerga keladi. Ular bu qushlar omad olib keladi, deb hisoblaydi.

Foto: “RIA Novosti”
Foto: “RIA Novosti”
Qiziqarli ma’lumot: 
  • Oqqushlar go‘zalligi hamda uzoq umr ko‘rishi bilan boshqa qushlardan farq qiladi.
  • Oqqush tanasida 25 mingtadan ortiq pat mavjud. Tullash mavsumida juda ko‘p patidan ayriladi. Natijada ma’lum muddat parvoz qila olmaydi.
  • Oqqushlarning ko‘rish qobiliyati juda yuqori. Bu suv ostida ham o‘ljasini darrov payqashi, kushandalardan o‘z vaqtida qochib qolishiga yordam beradi.
  • Oqqushlar qo‘lga juda tez o‘rganadi. Ular uy sharoitida 30 yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
  • Oqqushlar 8500 metr balandlikda ham sira qiynalmasdan ucha oladi.
  Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.