Daryo

60 soniyada bulutlar qa’riga: Shveysariyada dunyodagi eng baland tashqi lift ishlamoqda

Yuz yildan avvalroq Burgenstok kurort majmuasi hududida qurilgan lift Yevropadagi eng baland tashqi lift hisoblanadi va u yerdan Lyutsern ko‘li hamda atrofdagi Alp tog‘larining ajoyib manzarasi namoyon bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish25 874 ko‘rishlar0 izoh3

Shveysariyada bir daqiqaga yetmas vaqtda 153 metr balandlikka olib chiqadigan noyob Hammetschvand lifti sayyohlarni hayratga solmoqda. Yuz yildan avvalroq Burgenstok kurort majmuasi hududida qurilgan mazkur lift Yevropadagi eng baland tashqi lift hisoblanadi va u yerdan Lyutsern ko‘li hamda atrofdagi Alp tog‘larining ajoyib manzarasi namoyon bo‘ladi.

Hammetschvand liftining qurilishi 1900-yildan 1905-yilgacha davom etgan. Loyiha muallifi shveysariyalik tadbirkor va mehmonxona biznesi asoschisi Frans Jozef Bukser bo‘lgan. Ushbu ulkan loyihani amalga oshirish uchun 544 ming yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan.

Bugungi kunda ham bu lift mintaqadagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. U bir daqiqadan kamroq vaqt ichida yo‘lovchilarni 153 metr balandlikka ko‘tara oladi, bu esa uni nafaqat hayratlanarli, balki kuzatuv maydonchasiga yetib borishning juda tezkor usuliga ham aylantiradi.

Biroq sayohatning o‘zi liftga chiqishdan avvalroq boshlanadi. Unga yetib borish uchun sayyohlar qoyalar yonidan o‘tgan va ko‘llar hamda tog‘larning go‘zal manzaralarini namoyon etadigan Felsenveg so‘qmog‘i bo‘ylab yurishlari kerak.

Tashrif uchun eng qulay vaqt — ochiq va quyoshli havo, chunki bunda kuzatuv maydonchasidan Lyutsern ko‘li va uning atrofidagi manzaralarning butun go‘zalligini tomosha qilish mumkin.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar