Daryo

Gollivud yulduzi Anjelina Jolining Los-Anjelesdagi villasiga sayohat (video)

Uzoq yillik tarixga ega villa aktrisaga 24,5 million dollarga tushgan

1 daqiqa o‘qish109 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Cosmopolitan

Olti nafar farzandi bilan yashaydigan aktrisaning villasi muxlislar uchun juda qiziq. Sababi aktrisa kamdan kam hollarda shaxsiy hayoti haqidagi tafsilotlar bilan bo‘lishadi.

Foto: Cosmopolitan

Avvalgi Los-Feliz hududida joylashgan 1913-yilda italyan uslubida qurilgan mashhur qasr kinorejissor Sesil Blaunt Demillga tegishli bo‘lgan.

https://www.instagram.com/p/CKwg5EClrcW/?utm_source=ig_embed

Uzoq yillik tarixga ega villa aktrisaga 24,5 million dollarga tushgan. Villada baland shiftli katta holl, 6 ta yotoq xona, 10 ta hammom, sport zali, oshxona va kutubxona mavjud.

https://www.instagram.com/p/CK4S2oUg1YL/?utm_source=ig_embed

Shuningdek, maskandan choy ichish uchun alohida xona, mehmonxona va yashil maysazorli suzish havzasi ham o‘rin olgan. Aktrisa villaga 2017-yil turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashganidan so‘ng 6 farzandi bilan ko‘chib kelgan. Bundan tashqari, aktyor Bred Pittning ham yashash joyi u yerga yaqin bo‘lib, atigi 5 daqiqalik masofani tashkil etadi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar