Daryo

Maktab, saroy va yerosti hammomi: 2020-yilning arxitekturaga oid eng yaxshi suratlari

Stiv Ferroning Kanzasdagi bir xonali maktabni muhrlagan kadri amerikalik ishtirokchilar ishi orasida eng yaxshisi deb topilgan

2 daqiqa o‘qish28 095 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

“Viki yodgorliklarni yaxshi ko‘radi” (Wiki loves monuments) fototanlovi tashkilotchilari 2020-yil g‘oliblari nomini e’lon qildi. Ushbu tanlov ilk marta 2010-yil Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda ishtirokchilarning tarixiy bino va obidalar aks etgan suratlari joylangan. Keyinchalik ushbu g‘oya boshqa Yevropa mamlakatlari va undan tashqarida ham takrorlangan. Ginnesning rekordlari kitobidan eng ko‘p ishtirokchi qatnashgani bilan o‘rin olgan fototanlovning 2020-yil uchun eng yaxshi deb topilganlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “RIA Novosti”

Rossiyadan qatnashgan ishtirokchilar orasida Aleksandr Baydukov “Tumandagi Solovetsk ibodatxonasi ansambli” nomli ishi bilan g‘olib deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Aleksandrisa Aleksisaning “Meteoradagi Rusana ibodatxonasi” surati gretsiyalik ishtirokchilar ishi orasida eng yaxshisi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Ondare Lagunakuning quyidagi surati esa ispaniyalik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Iordaniyalik g‘olib deb topilgan ishtirokchining surati.

Foto: “RIA Novosti”

Parijning 14-okrugida olingan surat fransiyalik ishtirokchilarning ishlari orasidan saralab olingan.

Foto: “RIA Novosti”

G‘oliblar qatoridan eronlik Farzin IzadDustDara ham bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Bangladeshliklardan Azim Xon Ronning surati e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Ruminiyalik ishtirokchilar orasida g‘oliblik Adrian Arzuga nasib qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Tayvanliklar orasida Ellen Changning ishi tanlab olingan.

Foto: “RIA Novosti”

Frayburgdagi Kolombishlessle muzeyi ichidan olingan surat esa germaniyalik ishtirokchilarning suratlari orasida eng yaxshisi deb topilgan. Surat muallifi Martin Kraft.

Foto: “RIA Novosti”

Polshalik Marian Navorski “Bratoshevitsedagi saroy” surati bilan g‘olib deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Vahag851 nomli suratchining “Vaganavank” surati tanlovdagi armanistonlik ishtirokchilar ishi orasida saralab olingan.

Foto: “RIA Novosti”

Lasha Gening “Shatili minorasi” gruziyalik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Braziliyaliklar orasidan esa Fwsbsb tomonidan olingan surat eng yaxshisi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Avstriyalik ishtirokchining g‘olib bo‘lishiga sababchi bo‘lgan surat.

Foto: “RIA Novosti”

Stiv Ferroning Kanzasdagi bir xonali maktabni muhrlagan kadri esa amerikalik ishtirokchilarning ishi orasida eng yaxshisi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Ozarbayjonlik suratchining yerosti hammomini olgan surati.

Foto: “RIA Novosti”
Athichitra’ning “Wat Klang Bang Kaew” nomli eski ibodatxonani olgan surati uni tailandlik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.