Daryo

Foto: Qirolicha Yelizaveta II qarorgohi — Bukingem saroyiga sayohat

Shohona qandil va mebellar bilan bezalgan mehmonxonaning yana bir o‘ziga xosligi oyna va shkaf ortida yashirin eshik borligida

2 daqiqa o‘qish50 496 ko‘rishlar0 izoh0

Dastlab taunxaus sifatida o‘ylangan, Londonning eng asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan Bukingem saroyi, 1703-yilda Bukingem gersogi uchun qurilgan. Oradan 58-yil o‘tgach esa qirol Jorj (George) III saroyni rafiqasi qirolicha Sharlotta uchun sotib olgan.

Foto: Glamour

XIX asrlarga kelib arxitektorlar Jon Nesh va Edvard Blor tomonidan markaziy korpus atrofiga uchta “qanot” qurilib bino maydoni kengaytirilgan. 1837-yilga kelib qirollik qarorgohi nomini olgan bino Bukingem saroyi deb atala boshlagan.

Foto: Glamour

Dunyoning eng hashamatli qarorgohlardan biri deb e’tirof etiladigan saroyda 775 ta xona mavjud bo‘lib, ulardan 19 tasi davlatga qarashli, 52 tasi qirolicha, uning oilasi va mehmonlar uchun qolgan 188 tasi xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Glamour
Foto: Glamour

Qolaversa, 92 ta ish xonasi va 78 ta vannani o‘z ichiga olgan saroyda basseyn, kinoteatr va Londondagi eng katta bog‘ mavjud.

Foto: Glamour

Shaxsiy qabul va uncha katta bo‘lmagan yig‘ilishlar saroydagi Oq mehmonxonada bo‘lib o‘tadi. Shohona qandil va mebellar bilan bezalgan mazkur xonaning yana bir o‘ziga xosligi oyna va shkaf ortida yashirin eshik borligida. Ma’lumotlarga qaraganda, qirolicha aynan shu eshik orqali mehmonlar bilan ko‘rishish uchun mehmonxonaga kiradi. Bundan tashqari, qirollik oila a’zolarini suratga olish va qirolichaning rojdestvo tabrigi uchun ham aynan shu mehmonxonadan foydalaniladi.

Foto: Glamour

Tillarang va qizil ranglarni o‘zida mujassam qilgan taxt o‘rnatilgan xona esa asosan ballar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Glamour

Yashil mehmonxona va unga tutash xonalarda esa kechki ovqatdan avval ichimliklar ulashiladi.

Foto: Glamour

Havorang mehmonxonadan qabullar uchun foydalaniladi.

Foto: Glamour
Saroyda, shuningdek, Rembrand, Rubens va boshqa buyuk ustalarning ishlari kolleksiyalaridan iborat san’at asarlari, qolaversa, fransuz va ingliz mebellari ham saqlanadi. Har yili avgust va sentabrda qirolicha Bukingem saroyini tark etadi va bu vaqtda qarorgoh eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.