Fransiyalik Lyusil Randon ismli ayol o‘zining 117 yoshini qarshilash arafasida koronavirusni yengib o‘tdi. Bu haqda Var-Matin gazetasiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, Randonda koronavirus 16-yanvar kuni Tulon shahridagi qariyalar uyida aniqlangan. Ta’kidlanishicha, qariya virusni simptomlarsiz o‘tkazgan.
Lyusil Randon 1904-yil 11-fevral kuni tug‘ilgan. Yoshligida avval guvernant, so‘ng kasalxonada hamshira bo‘lib ishlagan, undan keyin rohibalikka o‘tgan. 2019-yildagi tug‘ilgan kunida ayolga Rim papasi Fransiskning shaxsan o‘zi tabriknoma va muqaddas tasbeh yuborgan.
Ma’lumot uchun, dunyoning eng yoshi ulug‘ ayol sifatida yaponiyalik Kane Tanaka tan olingan, u 1903-yil 2-yanvarda tug‘ilgan.
Izoh (0)