Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida maktab o‘quvchisining o‘z joniga qasd qilganligi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sardoba tumanidagi 12-maktabning 2005-yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi R.Z. (o‘g‘il bola) 5-fevral kuni soat 21:00 larda yashash xonadonida arqon bilan bo‘ynidan osib, o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.