Daryo

Qibrayda kollej o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi. Kursdoshlari bunda kollej direktorini ayblamoqda (video)

“Begunoh bolani o‘ldirdinglar, hammanglar. Karantinda sinf zalini yuvishga chaqirdinglar”, — deydi marhum yigitning kursdoshlaridan biri

1 daqiqa o‘qish237 920 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Qibray tumani “Moliya-iqtisodiyot” kasb-hunar kolleji o‘quvchisi D.Q. 25-iyun kuni o‘zini osib vafot etgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura xabar qildi.

18 yoshli D.Q. ismli yigit Qibray tumanida joylashgan “Moliya-iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida 3 kursni bitirgan, onasi qaramog‘ida, oilasida kenja farzand bo‘lgan. O‘z mahallasidagi bosmaxonada oddiy ishchi bo‘lib ishlab kelgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan bo‘lib, voqea joyi hamda murda mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va o‘lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Marhum D.Q.ning kursdoshlari tomonidan 26-iyun kuni kollej binosida olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda D.Q.ning qiz kursdoshlari yig‘layotganini, katta yoshdagi bir necha odam kim bilandir janjallashayotgani va uni quvlayotganini ko‘rish mumkin.

Videoni olgan qiz bariga kollej direktori “Umar akaning diplomi” sabab bo‘lganini aytadi.

“Begunoh bolani o‘ldirdinglar, hammanglar. Hammanglar aybdorsizlar. Karantinda sinf zalini yuvishga chaqirdinglar”, — deydi videoni olayotgan qiz yig‘lagan holda.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, D.Q.ning o‘z joniga qasd qilish holati yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar