Daryo

Toshkentda 25 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi. U o‘limida hech kimning aybi yo‘qligi haqida xat qoldirgan

O‘lim sababi sifatida bo‘yin a’zolarining sirtmoqqa osilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish98 803 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Yashnobod tumanida 25 yoshli yigitning isitish quvuriga osilgan holdagi jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-noyabr soat 07:30 larda Ohangrabo ko‘chasida joylashgan o‘quv binosining orqa tomonida isitish quvuriga 1995-yilda tug‘ilgan I.R. o‘zini osgan.

Hodisa joyiga Yashnobod prokurori o‘rinbosari X.Rahmatullayev, Chilonzor prokuraturasi katta tergovchisi A.Davkarayev hamda tuman IIO FMB tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan.

Sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma’lumotnomasida o‘lim sababi sifatida bo‘yin a’zolarining sirtmoqqa osilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ko‘rsatilgan.

I.R.ning shimi cho‘ntagidan u o‘zini osishiga hech kim aybdor emasligini ta’kidlangan, kompyuterda yozilgan xat chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Toshkent viloyatida bir kunda 5 kishi o‘zini osgan, ulardan 3 nafari hayotdan ko‘z yumgani, 2019-yilda Qashqadaryoda 22 yoshli talaba qiz o‘z uyida osilgan holda topilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar