Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yilda koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar oshgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining hisobotida keltirib o‘tilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil davomida respublikada ushbu ko‘rsatkich 607 tani (107 taga ko‘paygan) tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar 500 ta bo‘lgan. Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok bo‘lgan, 457 nafari og‘ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan.

Tarmoqlar kesimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar:

  • Sanoatda — 101 ta. Oqibatda 23 nafar xodim vafot etgan va 80 nafari og‘ir tan jarohati olgan;
  • Qurilishda — 82 ta. Oqibatda 31 nafar xodim vafot etgan va 51 nafari og‘ir tan jarohati olgan;
  • Qishloq xo‘jaligida — 18 ta. Oqibatda 12 nafar xodim vafot etgan va 15 nafari og‘ir tan jarohati olgan.
Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 4014 ta aniqlangan kamchilik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 566 ta yozma ko‘rsatma berilgan.

Qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun 403 nafar mansabdorga nisbatan 4,149 milliard so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 63 ta holatda inspektorlarning tegishli xulosalari asosida aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, hisobotda ma’lum qilinishicha, respublika bo‘yicha kasb kasalligi hisobida turgan bemorlar soni 2019-yil 4716 kishini, 2020-yilda esa 4759 kishini tashkil etgan. 2020-yilda kasb kasalligi aniqlangan 43 nafar bemorning 40 nafari sanoatga to‘g‘ri kelgan.

Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ish beruvchilarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan jami 7065 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Shundan 1371 ta ommaviy axborot vositasi orqali amalga oshirilgan, 4040 ta ish beruvchi bilan joylarda seminarlar o‘tkazildi, 1683 marotaba ishonch telefon orqali tushuntirishlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvar o‘rtalarida O‘zbekistonda 2020-yilgi o‘lim statistikasi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, pandemiya yilida 20 ming “ortiqcha o‘lim” qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar