Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha BAA Superkubogi doirasida “Sharja” va “Shabob al-Ahli” jamoalari 22-yanvar, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: “Shabob al-Ahli” FK

Foto: “Shabob al-Ahli” FK

Uchrashuvdagi yagona gol so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda urildi: Aziz G‘aniyevning jarimadan amalga oshirgan uzatmasini Muhammad Mazruq boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bu gol orqali nominal mehmonlar sovringa ega chiqdi. Mazkur bahsda Otabek Shukrov va Aziz G‘aniyev to‘liq qatnashdi.

“Sharja” — “Shabob al-Ahli” uchrashuvidagi golni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

BAA Superkubogi

22-yanvar, juma

“Sharja” — “Shabob al-Ahli” 0:1

Gol: 0:1 – 90+5 Muhammad Marzuq.

“Sharja”: Odil al-Husani, Shahin Abdulrahmon, Salim Sulton, Ali ad-Dhanhani (Muhammad Xalfan, 89), Markus Meloni, Igor Koronado, Saif Rashid (Majid Surur, 75), Xolid Ba Vazir (Kayo, 75), Otabek Shukurov, Muhammad Abdulvosit, Velliton (Salim Solih, 89)

“Shabob al-Ahli”: Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussain, Hamdan al-Kamoli, Abdulaziz Sanqur (Muhammad Marzuq, 46), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Fabio Kartabiya, Azizjon G‘aniyev, Yahyo al-G‘assoni (Muhammad Juma, 77), Igor Jesus.

Foto: “Shabob al-Ahli” FK

Foto: “Shabob al-Ahli” FK

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?