Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Aktyor Alisher Uzoqov kino haftaligida O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev bilan tushgan suratini joylab, jurnalistlar uchun qiziq mavzuda suhbatlashayotganiga shama qildi.

Foto: Instagram

“Bravo” jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova suv ostiga sayohat qildi. Sayohatining qiziq foto va videolarini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Vohidjon Isoqov oilasi bilan tog‘ yonbag‘rida dam olayotganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Rayhon tojikistonlik Bexruz Zevarov O‘zbekistonda mehmon ekanligini ma’lum qildi. U aktyorlik va shou menejmentlik bilan shug‘ullanadi.

Foto: Instagram

Halima Ibragimova Dubaydagi restoranlardan birida ofitsiantlar bilan suratga tushdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola Ahmedova Turkiyada yashayotgan singlisi Zulayho Ahmedova bilan ikki yil o‘tib uchrashdi. Yodingizda bo‘lsa, Zulayho opasining dizayner va stilisti edi.

Foto: Instagram

Yulduz Turdiyeva go‘zal tabiat qo‘ynida tushgan yangi suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Rossiya estradasida Gafur nomi bilan ijod qilayotgan asli o‘zbekistonlik Abdug‘ofur Isoxonov Gili orolida hordiq chiqaryapti. Yodingizda bo‘lsa, u “Novda” filmida  suratga tushgandi.

Foto: Instagram

Xushovoz xonanda Nahide Babashli sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

139 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega Jennifer Lopez sahifasi yangi surat bilan boyidi. Xonanda AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Feruza Normatovaga Yulduz Usmonovaga taqlid qilish vazifasi yuklatildi. U biroz o‘ylanib, so‘ng vazifani bajardi.

Yosh xonanda Nasafiy u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan muxlislari borligidan ta’sirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shohjahon Jo‘rayev to‘yda uning yelkasiga qo‘lini qo‘ymoqchi bo‘lgan muxlisni siltalab tashlagani aks etgan video tarqaldi.

Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan birga suratga tushayotgani aks etgan qisqa videoni Halimaxon sahifasiga joyladi.