Yulduzlarning nafaqat ijro qilgan rollari, shaxsiy hayoti, balki qanday uyda yashashi ham muxlislar uchun hamisha qiziq bo‘lgan. Bollivud kinoyulduzlari yashaydigan xonadonlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Amir Xon

Foto: Zricks.com

Bundan bir necha yil avval aktyor Mumbayning eng ilg‘or tumani Pali Xillda joylashgan uyda yashagan.

Foto: Zricks.com

Foto: Zricks.com

Bino renovatsiya qilinishi kerak bo‘lgani sabab Amir Xon va uning oila a’zolari dengizdan uzoq bo‘lmagan Bandra shahridagi uyga ko‘chib o‘tgan. Ularning yangi xonadoni Farida deb ataladi.

Salmon Xon 

Foto: Zricks.com

Salmon Xon ham Amir Xon yashaydigan shaharcha – Bandrada yashaydi. Uning xonadoni esa Galaxy deb ataladi. Aktyor bu uyda yoshligidan buyon ota-onasi va singlisi bilan birga yashaydi.

Foto: Zricks.com

Salmon o‘z uyini juda ham yaxshi ko‘radi va boshqa joyga ko‘chib o‘tish niyati yo‘q. Muxlislari tez-tez uning uyi yonida to‘planib turadi, yulduz esa balkoniga chiqib ular bilan ko‘rishadi.

Dipika Padukone

Foto: Zricks.com

Padukone ham Bandrada yashaydigan yulduzlardan biri hisoblanadi. Aktrisa “Bomond binolari” nomli uyning 26 qavatida yashaydi.

Foto: Zricks.com

4 ta yotoqxona, terrasa, tennis korti va uchta avtoturargohi bor mazkur uyni aktrisaga sobiq sevgilisi sovg‘a qilgan degan mish-mishlar bo‘lgan edi. Ammo Padukone uyini o‘z mablag‘iga olganini ma’lum qilgan.

Saif Ali Xon va Karina Kapur

Kollaj: “Daryo”

Yulduzli juftlikning xonadoni Mumbayning G‘arbiy qismi Adexerida joylashgan.

Foto: Zricks.com

Saif va Karina “Lokhandva” nomli mazkur uyning 10-qavatida yashaydi, aktyorning ofisi ham shu binoda joylashgan.

Priyanka Chopra

Foto: Zricks.com

Turmushga chiqqanidan keyin AQShda yashayotgan aktrisaning Hindistonda 5 ta uyi bor. Mumbayning Versova nomli tumanida joylashgan uylari “Raj klassika” deb ataladi.