Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

COVID-19’ga chalingan bemorlar koronavirus simptomlari paydo bo‘lgandan keyin sakkiz-to‘qqiz kun davomida virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich 18-yanvar kuni chop etilgan “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Yuqumli bo‘lish uchun tirik virusni tarqatish kerak. Dastlabki tadqiqotlarga ko‘ra, aksariyat bemorlar kasallik alomatlari paydo bo‘lgandan keyin sakkiz-to‘qqiz kun davomidagina yuqumli hisoblanadi. Ammo infeksion davr og‘ir bemorlarda uzoqroq bo‘lishi mumkin”, — degan JSST vakili.

Xabarda aytilishicha, 2020-yil oktabr oyida “Rospotrebnadzor” markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik-tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya koronavirusga chalingan bemorda kasallik simptomlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval va kasallikning birinchi kunida boshqalarga kasallik yuqtirish darajasi yuqori bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

2020-yilning may oyida esa singapurlik olimlar koronavirus yuqtirib olgan bemorlar kasallik belgilari aniqlanganidan keyin 11 kun o‘tgach, atrofdagilarga COVID-19’ni yuqtira olmaydi deb aytgandi. Olimlar kasallikdan tuzalayotgan bemorlardan olingan tahlillar ularda koronavirus borligini ko‘rsatadi, biroq ushbu davrda atrofdagilarga kasallik yuqtirish xavfi bo‘lmasligini qayd etgan. Tadqiqotchilar testlarning koronavirusning yashovchanlik xususiyati va uning boshqalarga yuqishini oldindan aniqlay olmasligi, ular faqat genomning bir qismini topayotganligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi