• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy va Hindiston munosabatlarining muammoli istiqbollari. Nil hammaniki. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi. 

    Xitoy va Hindiston munosabatlarining muammoli istiqbollari

    Xitoyning iqtisodiy ekspansionizmi, rivojlanib borayotgan harbiy salohiyati tobora Hindistonning shimoli sharqiy chegaralariga, Hind ummonidagi dengiz havzalariga hamda AQSh va Rossiya bilan munosabatlariga ham xavf tug‘dirmoqda, deb yozadi The Times of India nashri. Rasmiy Dehli Xitoy tarafidan kelayotgan xavflarga qarshi turmoqchi bo‘lsa, xavfning yuziga tik boqishi lozim.

    2020-yilning iyun oyida Galvan vodiysida xitoylik va hindistonlik chegarachilarning ixtilofi Xitoy—Hindiston chegara oldi viloyatlarida agressiv siyosatni dastak qilganligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biroq ikki mamlakat ham ayni paytda urush kelib chiqishini istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Galvan vodiysi haqida gap ketar ekan, diplomatik yo‘l bilan munosabatlarni oydinlashtirib olish ham muammoga aylangan.

    2014-yilda bosh vazirlikni qo‘lga kiritgan Narendra Modi Xitoy rahbari Si Szinpin bilan 18 marotaba uchrashib ulgurdi, lekin bu muloqotlarning hech biri hozircha Hindistonga Galvan vodiysi masalasida biror-bir samarali natija bermadi. Xitoyda esa Hindistonning qo‘shnilari Shri-Lanka, Bangladesh va Nepalda bosh sarmoyador sifatida yaxshi taassurot qoldirmoqda. Qolaversa, Xitoy hozirda Bangladesh va Shri-Lankaga eng ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan ta’minotchiga ham aylandi. Hindiston qo‘shnilarining tobora Xitoy ta’siri ostiga tushib qolayotganliklarini sezib turgan bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan zaif Hindiston yon qo‘shnilari uchun murakkab vaziyatda Xitoydek iqtisodiy hamkor vazifasini bajara olmayapti.

    Xitoy Hind okeanida ekspansionizm siyosatiga zo‘r berayotgan, Hind va Tinch okeani mintaqasida turli mintaqaviy aloqalarni kengaytirayotgan bir paytda Hindiston mintaqada iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Chunki hozirda rasmiy Dehlining bor diqqat-e’tibori quruqlikdagi qo‘shinlarining mudofaa qobiliyatini rivojlantirishga katta mablag‘larni sarf qilayotgani bilan izohlanadi. Hind ummoni mintaqasida  Hindiston o‘z dengiz harbiy flotini rivojlantirishga yanada ko‘proq mablag‘ ajrata olish yoki olmasligi savol ostida qolmoqda. Xitoy esa bu borada vaqtni behudaga sarflayotgani yo‘q.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Avstraliya Hind va Tinch okeani mintaqasida o‘z ta’sirlarini kengaytirishga harakat qilayotgan, Hindistonni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, bu davlatlarning hech qaysi biri Xitoyning iqtisodiy va harbiy qudratiga bas kelolmasligi aniq. AQSh esa Xitoyga bas kelishi ko‘proq haqiqatga yaqinroq. Shu sababdan, Hindiston hozirda ham AQSh, ham Rossiya bilan kelishuvga erishishi, kelishuvga erishganda ham, Rossiyadan sotib olinayotgan harbiy qurol-yarog‘lar natijasida rasmiy Vashingtonning ko‘magidan ham ayrilmaslikning uddasidan chiqishi kerak. AQSh esa rasmiy Dehlining Rossiyadan qurol-yarog‘ sotib olayotganligiga hozircha ko‘z yumib turgani bilan o‘z zamonaviy qurol-yarog‘larini Hindistonga sotish fikridan tiyilib turibdi.

    Boshqa tarafdan, Hindistonning Rossiya bilan iqtisodiy hamkorligi oqibati ham yaxshi, ham yomon tugashi mumkin bo‘lgan istiqbol sanaladi. Chunki rasmiy Kreml AQShning azaliy raqibi sifatida uning tanobini tortib qo‘yish uchun Xitoy bilan o‘z munosabatlarini buzmaslik sharti sifatida Hindistonning Galvan vodiysi borasidagi istaklarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Qolaversa, Rossiya Hindistonni anchadan beri AQSh yetakchiligidagi Hind—Tinch okeani mintaqasidagi to‘rtlikka qo‘shilganini sovuq qarshi oldi va qo‘llab-quvvatlamadi. Ustiga-ustak Xitoyning mazkur mintaqadagi harakatlari borasida sukut saqlashni ma’qul topdi. Bu esa Hindistonning manfaatlariga mutlaqo zid keladi.

    AQSh va Rossiya o‘rtasidagi dushmanlik kayfiyati mavjud ekan, Hindiston ikki mamlakat bilan o‘z muammo va munosabatlarini qanday tarzda rivojlantirishi istiqboli ham noaniq qolmoqda. Rasmiy Dehli 2019-yilning sentabr oyida bir oqilona tadbirni amalga oshirdi. O‘sha paytda hind hukumati AQShning R-8 Poseidon nomli uchog‘iga Andaman va Nikobar orollaridagi bazadan yoqilg‘i quyib olishiga imkon berdi. Mazkur voqea esa 2016-yilda AQSh va Hindiston hukumati o‘rtasida imzolangan logistik ayirboshlash haqidagi memorandumning imzolanishi tufayli amalga oshdi. Bu memorandum o‘z navbatida AQSh va Hindistonning harbiy aloqalarini ham ozgina siljitishga zamin yaratdi.

    Xitoy ham, AQSh ham, Hindiston va Rossiya ham Hind va Tinch okeani mintaqasida o‘zlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekan, Xitoyning Hindiston hududlariga ko‘z olaytirayotgani, Xitoy ta’sirining Hindistonga qo‘shni mamlakatlarda ortayotgani, Xitoy va Rossiyaning AQShga qarshi kayfiyatiyu, Xitoy va Rossiyaning iqtisodiy hamkorligi Hindiston uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Hindiston AQSh, Xitoy va Rossiya o‘qi atrofida harakat qilar ekan, Xitoyga qarshi turish uchun so‘zsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyotiga zo‘r berishi kerak va shundagina, balki Xitoyning zo‘rayib borayotgan agressiv harakatlariga javob qaytara olar.

    Misr va Efiopiya Nil borasida nega ziddiyatga boryapti?

    Misr va Efiopiya Nil daryosidagi to‘g‘on qurilishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi borasida dahanaki jangga yuz tutdi. Efiopiya hukumati Nil to‘g‘oni muzokaralarining to‘xtab qolishi hamda Xartum va Addis-Abeba o‘rtasidagi munosabatlarning taranglashishi manzarasida Misr hukumatini qasddan dushmanlik qilayotganda ayblab chiqdi, deb yozadi Al-Monitor nashri.

    2020-yilning 30-dekabr sanasida Misr hukumati Efiopiyaning Qohiradagi muvaqqat vakili Dina Muftini Tashqi ishlar vazirligiga chaqiradi. Gap shundaki, Dina Mufti bir bayonotida “Misrda inson huquqlari buzilayotganligini” ta’kidlagandi. Mazkur voqea esa to‘rt yildan ko‘proq vaqt mobaynida birinchi marta yuz berayotgan siyosiy voqelik bo‘ldi. Kuzatuvchilar nazarida Misr hukumatining bunday xatti-harakati Nil daryosidagi Renessans to‘g‘oni muzokaralari to‘xtab qolayotgan bir davrga to‘g‘ri kelishi rasmiy Qohira va Efiopiya o‘rtasidagi taranglikning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Misr hukumatining tashqi ishlar vaziri vakili Ahmad Xofiz Dina Muftining 30-dekabrdagi bayonotini tanqid qilar ekan, “bu bayonot Misr hukumatini haqorat qilish bilan barobarligini, Efiopiya ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklarini efiopiyaliklar diqqat e’tiboridan chalg‘itish va o‘rtada dushmanlik kayfiyatini yoyish uchun o‘ylab topilgan” narsa ekanligini ta’kidlaydi. O‘z navbatida, Misr hukumati tashqi ishlar vaziri rasmiysi Efiopiyani Tigrayda yuz bergan voqealar va Sudan bilan chegaraoldi hududlarda yuz berayotgan ko‘ngilsizliklarga e’tibor qaratishini maslahat ham beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2012 va 2013-yillarda Efiopiya va Misr hukumatlari Nil daryosi bo‘yida joylashgan bahsli Renessans to‘g‘oni atrofida kelib chiqqan mojarolar sababli o‘z elchilarini chaqirib olgandi. 2016-yilda esa Efiopiya hukumati Qohiradagi elchisini oromo xalqi bilan bog‘liq izohlar tufayli chaqirib oladi. Misr tashqi ishlar kengashi a’zosi Raxa Hasan Efiopiya elchisining bayonotiga izoh berar ekan, “Efiopiya rasmiysi qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani va Afrika Ittifoqi kengashi nizomlarini buzganligi”ni bildirdi. Misr rasmiysi, shuningdek, Tigrayda fuqarolar urushi ketayotgan va murakkab siyosiy vaziyat kuzatilayotgan paytda Misr hukumati Efiopiyaning ichki ishlariga aralashmaganligini ham qo‘shimcha qildi. 2020-yilning noyabr oylarida Efiopiya hukumati qo‘shinlari Tigraydagi voqealarda yuzlab insonlarning halok bo‘lishiga va minglab insonlar qo‘shni Sudanga qochib o‘tishiga sabab bo‘lgandi.

    Misr rasmiylari nazarida, Efiopiya hukumati mulozimining Misrdagi inson huquqlari borasidagi bayonoti qasddan Renessans to‘g‘oni borasidagi yangi muzokaralarning yangi bosqichi boshlanishi arafasida sodir bo‘layotganligini ta’kidladi. Sudan ham o‘z navbatida so‘nggi paytlarda o‘zini g‘alati tutmoqda. 31-dekabr sanasida Sudan hukumati Efiopiyani Qohira va Xartumning kelishuvisiz Renessans to‘g‘oni muzokaralarini boshlamaslikka va to‘g‘on masalasidagi muzokaralar stoliga Afrika Kengashi davlatlaridan ekspert qatnashsagina qaytishi mumkinligiga ishora qildi. Bu esa Sudan va Efiopiya o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchaygan davriga to‘g‘ri kelib qoldi. Rasmiy Xartum isyonchilarni efiop harbiylarining yordamini olayotganlikda va Sudan askarlariga tuzoq qo‘yayotganlikda ayblab chiqdi. Misr hukumati esa Efiopiyaning xatti-harakatlarini qoraladi va har doim Sudan bilan birga ekani, sudanliklar o‘z chegaraviy xavfsizliklarini himoya qilishga haqli ekanliklarini bildirdi. Misr hukumatining mazkur bayonoti esa Efiopiyada aks-sado berdi. Qohiraning Addis-Abeba va Xartum o‘rtasidagi nizolarda siyosiy pozitsiyasi qanday ekanligi borasida savollarni yuzaga keltirdi. Misr Tashqi ishlar vazirligi esa Sudan va Efiopiya o‘rtasidagi vaziyatga daxli yo‘q ekanligini, ammo bir Afrika davlati ikkinchi bir Afrika davlatiga hujum qilishi masalasini qoralashga to‘laqonli haqli ekanligini bildirdi.

    Ayrim siyosatchilar nazarida, Efiopiya har doim Nil daryosidagi bahsli to‘g‘on borasida muzokaralar o‘tkazilishi oldidan turli provokatsiyalarni boshlashini aytadi. Misr esa doim Efiopiyaning siyosiy qutqulariga hech narsa demay kelgan. Ammo bu safar rasmiy Qohira sukunatni buzishga, qat’iy choralar ko‘rishga ahd qildi.

    Xalqaro inqiroz guruhining Afrika masalalari bo‘yicha tadqiqotchisi Rikardo Fabiani nazarida, Misr va Efiopiya o‘rtasidagi dahanaki jang munosabatlarga putur yetkazsa-da, bu qisqa muddatli ekanligini e’tirof etar ekan, Misr va Efiopiya bir-birlarining ichki siyosatini muhokama qilishi o‘tmishda kuzatilmaganligini aytadi. Ehtimol, deydi Rikardo Fabiani, Efiopiya hukumati Misrni tanqid qilish bilan Misrning Efiopiyadagi ichki ishlarga aralashtirmaslikni ham ko‘zlagan bo‘lishi va Tigray bilan bog‘liq voqealarda Misrni uzoqroq bo‘lishiga o‘ziga xos ishora ham berayotgandir.

    Misr hukumati esa Efiopiya bilan sodir bo‘lgan voqea Nil daryosi bo‘yidagi to‘g‘on muzokaralariga ta’sir qilmasligini, muammoga nuqta qo‘yilganini bildirdi. Shu tariqa, 3-yanvar sanasida bir oylik tanaffusdan so‘ng Misr, Sudan va Efiopiya hukumatlari vakillari to‘g‘on muzokaralarining yangi raundiga start berdi. Afrika Kengashi vakillari kelgusida imzolanadigan hujjatning xomaki nusxasini tanishib chiqish uchun taraflarga taqdim qildi. Tomonlar bir hafta muddat ichida hujjatning bandlari bilan tanishib chiqib, qaysi nuqtalarga roziyu, qaysi nuqtalarda qarama-qarshilik borligini aytishlarini so‘radi. Biroq 4-yanvar sanasida Sudan hukumati vakillarining aybi bilan muzokaralarning yangi bosqichi yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Misr hukumati esa Efiopiyadagi nizolar sabab hali beri to‘g‘on masalasi ijobiy hal bo‘lmaydi, degan fikrda qolmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    16.01.2021, 21:36   Izoh (0)   87336
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylari sonini qisqartirdi

    16.01.2021, 20:14

    Tojikiston SSV mamlakatda koronavirusga chalingan bemor qolmaganini ma’lum qildi

    16.01.2021, 17:37

    Butun dunyodagi migrantlar soni 20 yil ichida qariyb 110 mln kishiga oshdi

    16.01.2021, 17:16

    Indoneziyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatlari — suratlarda

    16.01.2021, 16:57

    AQSh prokurorlari Kapitoliyga uyushtirilgan hujum ishtirokchilari kongressmenlarni o‘ldirishni rejalashtirganini ma’lum qildi

    16.01.2021, 16:15

    JSST koronavirusga qarshi emlangan sayyohlar uchun pasport joriy etishni tavsiya qilmadi

    16.01.2021, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.