Transfermarkt portali so‘nggi o‘n yil ichida transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar reytingini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin “Manchester Siti”niki bo‘ldi. Ingliz klubi ortda qolgan dekadada 281 o‘yinchiga jami 1,53 milliard funt sarflagan.

Ikkinchi o‘rinda “Chelsi” (1,43 mlrd) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka “Barselona” (1,38 mlrd) yakun yasadi.

Ro‘yxatda yettita jamoaning ko‘rsatkichi milliard funtlik dovondan o‘tgan.

So‘nggi o‘n yil ichida transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar:

1. “Manchester Siti” — 1,53 milliard funt sterling.

2. “Chelsi” — 1,43 mlrd.

3. “Barselona” — 1,38 mlrd.

4. “Yuventus” — 1,3 mlrd.

5. “Manchester Yunayted” — 1,24 mlrd.

6. PSJ — 1,19 mlrd.

7. “Real” — 1,05 mlrd.

8. “Liverpul” — 986,18 mln.

9. “Atletiko” — 981,72 mln.

10. “Inter” — 917,61 mln.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!