Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining qoldirilgan 1-turi doirasida “Atletiko” 12-yanvar, seshanba kuni “Sevilya”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 17-daqiqasida Anxel Korrea madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 76-daqiqada Saul Niges yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.

Ushbu g‘alabadan keyin “Atletiko” ochkolarini 41 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa ikkita zaxira o‘yiniga ega bo‘lib, eng yaqin ta’qibchisi “Real”ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

La Liga

1-tur qoldirilgan o‘yin

12-yanvar, seshanba

“Atletiko” — “Sevilya” 2:0

Gollar: 1:0 – 17 Korrea, 2:0 – 76 Saul.

“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Ermoso, Ximenes, Savich, Lyorente, Karrasko (Felipe, 88), Koke, Lemar (Saul, 66), Korrea (Joau Feliks, 66), Suares (Torreyra, 82).

“Sevilya”: Bunu, Diyego Karlos, Navas (Oliver Torres, 78), Kunde, Akunya, Rakitich, Fernando, Suso (de Yong, 78), Jordan (Oskar Rodriges, 59), Okampos, an-Nesiri (Munir, 84).

Ogohlantirishlar: Koke (48), Savich (57).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!