Megan Markl va shahzoda Garrini xush ko‘rmaydiganlar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo ashaddiy muxlislari ham yo‘q emas. Shunday angliyalik kimsalardan biri mahalliy qandolatchi Lara Meysondan bo‘y baravar qilib, kumirlarining ko‘rinishida tort tayyorlab berishni so‘radi.

Foto: Glamour

Lara uchun ushbu buyurtmani tayyorlash oson bo‘lmagan. Qiz buning uchun karkasdan foydalanishi va uning ichini nachinka bilan to‘ldirishiga to‘g‘ri kelgan. Harakat va urinish kutilganidan a’lo natija bergan: tayyor tortning balandligi Laraning bo‘yidan ham baland bo‘lgan.

Lara tayyorlash jarayoni bilan TikTok’da bo‘lishganidan keyin videoga 800 ming layk bosilgan. Foydalanuvchilar rolikka bunday tort tayyorlatish kimning xayoliga kelganidan taajubda ekanini yozib qoldirsa, ayrimlar AQShda yashayotgani sabab juftlikni juda ham sog‘inganidan Yelizaveta II shunday buyurtma bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.