Siz iste’mol qiladigan taom va yeguliklar nafaqat salomatligingizda muammo keltirib chiqarishi, balki uning bartaraf bo‘lishiga ham hissa qo‘shishi mumkin.

Foto: Freepik

Avokado

Salomatlikning yaxshilanishida hissasi katta bo‘lgan ushbu mahsulot foydaliligi bilan mutaxassislar e’tirofiga sazovor. Tarkibidagi C va E vitamini sabab esa yuzdagi husnbuzarlarni ketishiga yordam beradi.

Brokkoli

Bemaza ekani ta’kidlanishiga qaramay, ushbu mahsulot foydaliligi jihatidan boshqalarni ortda qoldiradi. Tarkibidagi A vitaminlari kompleksi, B va K guruhi vitaminlari terining ahvolini yaxshilab, go‘zal va sog‘lom ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham brokkolini 10 daqiqaga qaynagan suvga solib keyin barra holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Anjir

Magniyga boy bo‘lgan mazali meva terining silliq va baxmaldek ko‘rinishiga hissa qo‘shadi, undagi yog‘ bezlarining faolligini kamaytiradi.

Suli yormasi

Ushbu mahsulot ham magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan kletchatkalarning koni. Suli yormasi yuz terisi ahvolining yomonlashgani va husnbuzarlarda yaxshi samara beradi.

Jigarrang guruch

Kletchatkaga boy bo‘lgan guruchning ushbu turi organizm, xususan, terini tozalash qobiliyatiga ega.

Forel balig‘i

Ushbu baliq foydali yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgani va antibakterial xususiyatga ega ekani sabab ham iste’mol qilish uchun tavsiya qilinadi.

Ustritsa (dengiz mollyuskasi)

Mazkur dengiz mahsulotida rux moddasi mo‘l ekani sabab dermatologlar uni ratsionga kiritish kerakligini maslahat beradi.

Qovoq urug‘i

Yuzdagi husnbuzarlardan qutilish uchun rux moddasiga boy qovoq urug‘idan-da arzon va foydali mahsulotni topish mushkul.

Qora shokolad

Yana bir rux moddasini o‘z ichiga oladigan qora shokolad antioksidantlarning ham manbayi hisoblanadi va uning me’yorda iste’mol qilinishi teri uchun koni foyda.