• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Transglobal ekspeditsiya. Yerni qutblararo aylanib chiqqan birinchi va yagona inson Ranulf Fayns haqida

    Biz tarixda ilk bora Yer sharini kemada to‘liq aylanib chiqib, birinchi marta dunyo aylanasi bo‘ylab sayohatni amalga oshirgan Fernan Magellan ekspeditsiyasi haqida avval ma’lumot bergan edik. Bu voqeaga ham qariyb yarim ming yil bo‘ldi (501 yil!). Lekin Magellan sayohati g‘arbdan-sharqqa qilingan va ummonlararo kemada suzib o‘tish orqali bajarilgan sayohat edi. Dunyo aylanasini kesib o‘tishning ikkinchi bir yo‘nalishi, Yer sharini g‘arbdan sharqqa emas, balki shimoldan janubga (yoki aksincha) – qutblararo kesib o‘tish usuli ham bor. Odamzod bu usul bilan transglobal sayohat qilganiga hali yarim ming yil tugul, yarim asr ham bo‘lgani yo‘q! “Daryo” ilk transglobal qutblararo sayohatni amalga oshirgan birinchi va hozircha yagona inson Ranulf Fayns sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. 

    Ranulf Fayns

    Ranulf Fayns
    Foto: Google Photos

    Ha, transglobal sayohatning bu turini amalga oshirish, XX asr boshidan buyon – qutblardagi qahraton sharoitlarga mos texnika va transport vositalari ixtiro qilinishi bilanoq, butun dunyo bo‘ylab ko‘p sonli tavakkalchi – avantyuristlarning orzusiga aylangan edi. Biroq avvalgi sayohatchilar qutblardan biriga yetib borish bilan cheklanishga majbur bo‘lgan, chunki janubiy qutbda – quruqlik – Antarktida qit’asi bo‘lsa, shimoliy qutb esa muzlagan ummon – Shimoliy Muz okeanidan iboratdir. Bu esa qutblararo transglobal sayohat qilmoqchi bo‘lgan ekspeditsiyalar oldiga katta texnik muammolarni qo‘yadi. Shuningdek, bu kabi yirik ekspeditsiya juda katta mablag‘ va iqtisodiy xarajatlarni ham talab qiladi.

    Qutblararo transglobal sayohat yuqoridagi kabi muammolar tufayli uzoq muddatgacha amalga oshmay keldi. Bunday katta tavakkalchilikka faqat 1979-yilga kelibgina britaniyalik Ranulf Fayns qo‘l urdi va u o‘shanda hamrohlari Oliver Shepard va Charlz Berton bilan birgalikda qutblarni Grinvich meridiani bo‘ylab kesib o‘tishga qaror qildi. Ular Britaniyadagi Grinvich shaharchasidan 1979-yilning 2-sentabr sanasida janubga qarab yo‘lga chiqdi.

    Ekspeditsiya bilan bog‘liq xarajatlarning asosiy qismini Angliya taxti vorisi, shahzoda Charlz o‘z zimmasiga olgan edi va shu sababli Fayns hamda hamrohlari, barcha zaruriy uskunalar – navigatsiya vositalari, oziq-ovqat va yoqilg‘i borasida to‘liq ta’minotga ega bo‘lgan edi. Shuningdek, ekspeditsiya o‘z yo‘lidagi katta shaharlarda qutblarda qo‘llash uchun olingan uskunalarning ko‘rgazma namoyishlarini uyushtirish orqali ham muayyan daromad qilib bordi.

    Ekspeditsiya dastavval La-Mansh orqali Dyunkerk (Fransiya) sohiliga tushib, keyin Parij va Barselona orqali Afrika shimoliga – Jazoirga o‘tdi. 1980-yil yanvar oyining dastlabki kunlarida ekspeditsiya Antarktida sohillariga yetib bordi va deyarli yil davomida juda sekinlik bilan qit’a ichkarisiga harakatlanib, 1980-yilning 15-dekabr kuni janubiy qutb nuqtasiga yetib bordi. Ekspeditsiya sakkiz kun mobaynida janubiy qutbda hordiq chiqargan va xususan, tarixda ilk bora qutb ustida kriket o‘ynadi.

    Foto: Google Photos

    Shundan so‘ng 1980-yilning 23-dekabr sanasida Fayns o‘z guruhini endi shimolga – Arktikani aylanib o‘tishga qarab yo‘l boshladi. Bu orada yangi yil kirib keldi va muttasil shimolga qarab yo‘l olgan guruh 1981-yilning 11-yanvar kuni Ross muzligini kesib o‘tib, Amundsen Skott nomidagi Antarktida bazasiga yetib keldi. Bu esa ekspeditsiya janubiy qutbni muvaffaqiyatli ravishda to‘liq kesib o‘tganini bildirar edi. Ekspeditsiyaning mazkur natijasi Britaniyada katta voqea sifatida qarshi olindi va jamoatchilikning mazkur sayohatga nisbatan qiziqishini keskin orttirdi. Ingliz matbuoti deyarli har kuni Fayns va uning guruhining navbatdagi yo‘nalishi va ko‘rgan-kechirgan sarguzashtlariga oid materiallar berib bordi.

    Fayns qutblararo ekspeditsiya guruhi 1981-yilni Yangi Zelandiya orqali Tinch Okeaniga chiqish bilan boshladi. Ular Yangi Zelandiyaga yetib kelganida, mahalliy hukumat va aholi vakillaridan iborat katta jamoa tomonidan tantanali kutib olindi va Faynsga shahzoda Charlz hamda AQSh prezidenti Ronald Reygan tomonidan qutlov telegrammasi ham yuborildi.

    Ekspeditsiya asosan Tinch okeani bo‘ylab shimol tomon suzib, yo‘l-yo‘lakay Fiji, va Samoa orollariga kirib o‘tdi. Keyinchalik, Shimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari bo‘ylab suzib, Alyaska va Chukotkani ajratib turuvchi Bering bo‘g‘ozi orqali Shimoliy Muz okeaniga, ya’ni Arktikaga kirib bordi. Ularni shimoliy qutbdan juda oz masofa ajratib turardi va jamoa ildamlik bilan olg‘a yurishda davom etib, Makkenzi daryosi orqali Bofort dengiziga o‘tib oldi. To‘g‘ri qutb nuqtasi tomon yo‘l olgan ekspeditsiya uni muvaffaqiyat bilan kesib o‘tgach, Norvegiyaga qarashli Shpitsbergen oroliga yetib keldi.

    Bu payt fevral oyi bo‘lgani uchun Shimoliy Muz okeanida muzlar erishni boshlagani hamda qattiq shamol turib, do‘l hamda muz yomg‘iri yog‘ishi singari tabiat injiqliklari ularga katta qarshilik qildi. Ekspeditsiya 1981-yilning pasxa bayrami nishonlangan kuni qoq shimoliy qutb nuqtasiga yetib bordi va u joyga o‘z bayroqlarini o‘rnatdi. Ularni qutbdan “Benjamin Bouring” nomli muzyorar kema olib ketdi. Unda guruh yana Shpitsbergenga qaytib, u orqali Angliyaga – ekspeditsiyaning boshlang‘ich nuqtasi tomon yo‘l oldi. Shimoliy qutbni zabt etishning o‘ziga guruh uch oydan sal ziyod vaqt – 99 kun muddat sarfladi.

    Foto: Google Photos

    Shu tariqa uch yil davom etgan jahongashtalik – insoniyat tarixidagi ilk transglobal qutblararo sayohat muvaffaqiyat bilan yakun topdi. Ular 1982-yilning 29-avgust kuni o‘zlari yo‘l boshlagan dastlabki nuqtaga – Grinvichga yetib keldi. Va hozirga qadar Fayns va uning guruhi bu borada birinchi va yagona bo‘lib turibdi!

    O‘rni kelganda Ranulf Fayns shaxsi haqida yana ayrim qiziq ma’lumotlarni keltirib o‘tishimiz mumkin. U zamonamizning eng taniqli ekspeditsiyachilaridan biri bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobidan ham joy oldi. U shu paytgacha 23 xil turli murakkablikdagi ekspeditsiyalarni amalga oshirdi. Xususan, yuqorida hikoya qilingan transglobal, qutblararo ekspeditsiyadan tashqari Ranulf Fayns, Everest cho‘qqisiga ham ikki bora ko‘tarildi hamda butun Nil daryosi bo‘ylab ham havo sharida O‘rta Yer dengizigacha chiqib bordi.

    Shuningdek, u o‘z ekspeditsiyalarini yoritish uchun OAV orqali shartnomalardan va boshqa reklama tushumlaridan juda katta miqdordagi ehson-xayriya ishlarini tashkillashtirishi bilan hurmat qozondi. U ko‘krak bezi saratoniga qarshi katta miqdorda xayriya yiqqani bilan e’tiborga tushdi. Shu kabi xizmatlari evaziga Ranulf Fayns Britaniya ritsari maqomiga sazovor bo‘lgan bo‘lib, endilikda Ser Ranulf Fayns deyiladi. Darvoqe, uning shaxsi ham ko‘pchilik uchun ishonch va motivatsiya manbasidir.

    Qahramonimiz bir necha marta qiyin operatsiyalarni boshdan kechirganiga qaramasdan (hozirda yurakda shunt bilan yashaydi) har safar yana katta rejalarga jismoniy va faol hayot tarziga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda 76 yoshda bo‘lgan Ranulf Fayns ilk transglobal qutblararo sayohatni amalga oshirgan birinchi va hozircha yagona inson sifatida qayd etiladi. Undan keyin hanuzgacha hech kim bunday tavakkalchilikka jazm qilmayotir.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    11.01.2021, 23:29   Izoh (0)   16197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar koronavirusga qarshi vaksinalar turi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi

    07.01.2021, 11:25

    Olimlar smartfonlar uchun qayta tiklanishga qodir materialni yaratdi

    28.12.2020, 13:09

    Myanmadagi qahrabo bo‘lagi ichidan fanga noma’lum gul topildi

    25.12.2020, 11:23

    Olimlar qadimgi odamlar sovuqdan omon chiqish uchun uyquga keta olganini aniqladi

    22.12.2020, 16:25

    Olimlar insonlarning baxtli bo‘lishi uchun nima zarurligini ma’lum qildi

    18.12.2020, 12:59

    Olimlar koronavirusdan sog‘ayganlarga yangi kasalliklar xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    16.12.2020, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov farzandli bo‘ldi, Munisa Rizayeva Jey Lo bilan duet aytmoqchi, Yulduz Usmonovaning jahlini chiqarishdi

    Madaniyat | 2 iyul, 11:32

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:27

    “Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rdi” — AQSH manbalari

    Dunyo | 2 iyul, 11:14

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.