O‘zbekistonda so‘nggi 10 kundan beri kuzatilayotgan anomal sovuq 9—12-yanvardan boshlab chekina boshlaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” vakili Malohat Ro‘ziyeva “Kun.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 9—12-yanvar kunlari O‘zbekistondagi havo-harorati asta-sekin ko‘tariladi. “Bunda havo harorati kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzlari esa +5...+10 daraja iliqqacha ko‘tarilib boradi”, — dedi u.

Malohat Ro‘ziyevaning qayd etishicha, O‘zbekistonda yanvarda 2021-yildagidek sovuq, ya’ni 10—12 daraja past havoning kuzatilishi avval ham kuzatilgan, biroq “bu qadar davomiy bo‘lmagan”.