Foydalanuvchilarga qo‘shiqlarni izlashda yordam beradigan Shazam xizmati ishga tushirilgan davrdan buyon eng ommabop hisoblangan qo‘shiqlarning reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “zik.ua”

Eng ko‘p topilgan qo‘shiqlar ichidan birinchi o‘rinda 33 million marta izlangan avstraliyalik xonanda Tones va I tomonidan kuylangan “Dance Monkey” qo‘shig‘i bo‘ldi.

Shuningdek, kuchli uchlikdan Robin Shuls, Lilly Wood va The Prick ijrosidagi “Prayer In C”, Passenger’ning “Let her Go” qo‘shiqlari ham joy oldi.

Shazam qo‘shiqning o‘ziga xos audio nusxalarini tahlil qilish va foydalanuvchi telefon orqali yuboradigan ovozni ma’lumotlar bazasidagi musiqaga moslashtirish orqali ishlaydi. Bugungi kunda o‘n millionlab qo‘shiqlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish uchun atigi ikki soniya kerak bo‘ladi, xolos. Xizmat hatto remiks, shovqinlar va kaver-versiyalarni ham izlashni uddalaydi.