Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tergovi davom etmoqda, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Mansabdorlar 41 ta holatda qurilish obyektlari tendersiz berib yuborilgani aniqlangan.

Jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga “Yagona buyurtmachi xizmati” mansabdor shaxslari noqonuniy ravishda tanlov o‘tkazib, layoqatsiz quruvchilarga qurilish obyektlarini topshirishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.

Xorazm viloyati prokuraturasi ma’lum qilishicha, 2019-yilda 2,5 milliard so‘mlik, 2020-yilning 5 oyida 279,8 million so‘mlik, jami 2,79 milliard so‘mlik bajarilmagan ishlar qo‘shib yozilib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Bu holatlar bo‘yicha 11 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, aybdorlardan 2,56 milliard so‘m miqdordagi zarar undirilishi ta’minlangan.

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan mansabdor shaxslarning budjet mablag‘larini talon-toroj qilinishiga sharoit yaratib bergani bilan birga, ularning boshqa jinoyatlarini fosh qilish maqsadida tergov guruhi tuzilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan ochilgan ish bo‘yicha tergovni Xorazm viloyati prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi o‘tkazmoqda.

Avvalroq Toshkentda loyiha qiymati 9,6 mln dollar bo‘lgan raqamli situatsion markaz tendersiz qurilishi hamda O‘zbekistonda 500 dan ortiq arzon uy-joylarga fotoelektr tizimini o‘rnatish tender savdolarisiz amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...