Dream City kompaniyasi Seoul Mun loyihasining ko‘chmas mulk egalariga yuqori daromad keltiradigan foydali jihatlari haqida ma’lumot beradi.
Bo‘rijar kanali sohilidagi yirik loyiha — Seoul Mun tez orada millionlab hamshaharlarimizning diqqatga sazovor joyiga aylanadi. O‘ziga xos jamoat va savdo makoni shahar markazida soy bo‘yidagi hududda bir necha yuzlab do‘konlar va ko‘ngilochar muassasalar bunyod etiladi.
Uning infratuzilmasi ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar uchun ham, biznes egalari uchun ham puxta o‘ylab loyihalangan. Ko‘p qavatli avtoturargoh, eskalatorlar, liftlar hududga kirishni osonlashtiradi hamda butun hudud bo‘ylab erkin harakatlanishinga imkon beradi. Yuk tushirish va ortish uchun alohida joyning mavjudligi qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Seoul Mun loyihasining rentabelligini mustaqil ekspertlar – Knight Frank dunyodagi yetakchi konsalting kompaniyasi tahlil qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poytaxtdagi tijorat ko‘chmas mulkiga bo‘lgan talab faqat o‘sib boradi. Seoul Mun — bu puxta o‘ylab loyihalangan hamda yuqori daromadga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk.
Dream City Development’ning ushbu loyihasi haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishish uchun sizni kompaniyaning savdo ofisiga taklif qilamiz. Mutaxassislar sizga ma’qul joyni tanlashda yordamlashadi. Maketda variantlarni namoyish qilib, tafsilotlariga to‘xtalib o‘tadi, shuningdek, xarid qilishning qulay shartlari bilan tanishtiradi.
Yagona ma’lumot markazi: +998 71−202−22−22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: seoulmun.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)