Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Angliya Liga Kubogining final uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda Angliya futbol ligasi (EFL) rahbariyati ma’lum qildi.

Foto: EFL

Foto: EFL

2021-yilning 28-fevral kuniga mo‘ljallangan final bahsi 25-aprel kuniga ko‘chirilgan. EFL bu orqali final uchrashuvida iloji boricha ko‘proq tomoshabin bo‘lishini istamoqda. Bahorga qadar hukumat stadionlarga tomoshabinlar kiritilishiga ruxsat berishiga umid qilinmoqda.

Liga Kubogining chorak final uchrashuvlari 22–23-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Seshanba kuni “Brentford” o‘zida “Nyukasl”ni qabul qilsa, “Manchester Siti” esa “Arsenal” maydonida mehmon bo‘ladi. Chorshanba kuni esa “Tottenhem” — “Stok Siti” va “Everton” — “Manchester Yunayted” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)