Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

FOCUS kino va teatr maktabi asosiy yo‘nalish — Badiiy filmlar rejissurasi uchun qabulni boshladi. Badiiy rahbar – O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi, ssenariy muallifi, rejissor Zulfiqоr Musoqov.

FOCUS maktabining asosiy hamkori - Shveytsariya Konfederatsiyasining Toshkentdagi elchixonasi.

Maktab haqida: tashkilot 2016-yilda Toshkentda tashkil topgan va 4 asosiy yo‘nalishda ishlaydi: kinorejissorlik, aktyorlar studiyasi, ssenariylar ustaxonasi va kinematografiya.

Maktab faoliyatining dastlabki 2 yili davomida 250 dan ortiq qo‘shimcha tadbirlar o‘tkazildi, shu jumladan, mahalliy va xorijiy kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar. Uchrashuvlarda O‘zbekistonlik mutaxassislar qatorida Ali Hamrayev, Rustam Sagdullayev, Bahodir Yo‘ldoshev, Bobur Yo‘ldoshev, Feruza Saidova va boshqalar bor edi. Shuningdek, tinglovchilar afsonaviy Damir Salimov, Rixsiva Muxamedjanov va Nasrullo Sagdullayev bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lishdi. Ko‘plab taniqli o‘zbek aktyorlari rejissorlik maktabi va FOCUS aktyorlar studiyasida ta‘lim olishadi, ular orasida Ra‘no Shodiyeva, Feruza Saidova, Shahzoda Matchanova va boshqalar.

Har yili xorijdan taniqli kino va teatr arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. “Oskar” mukofoti sovrindori, kinorejissor Vladimir Menshov, Moskva badiiy teatr maktabi rektori Igor Zolotovitskiy, Moskva teatrining badiiy rahbari Oleg Tabakov, Vladimir Mashkov va boshqalar.

FOCUS kino va teatr maktabi sayyoramizning 39 mamlakati mutaxassislari bilan hamkorlik qiladi va ko‘plab xalqaro treninglarning hamkori va ishtirokchisi hisoblanadi. 2019-yilda maktab bitiruvchilari sheriklik amaliyoti doirasida O‘zbekiston, Polsha, Tojikiston, Gruziya va Xitoy mintaqalarida bo‘lishdi. Maktabdagi barcha qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishtirokchilar uchun bepul.

VGIK (S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti, tahr.) budjet joylariga kirgan 7 kishidan oltitasi 2020-yilda O‘zbekistonda FOCUS maktabining talabalari va bitiruvchilaridir.

Kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik tashabbusi shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan.

Joriy yilning 2020-yil kuzida FOCUS maktabi Yevropaning eng yetakchi kinoinstitutlari professorlari ishtirokida Xalqaro Film Laboratoriyasi Europian Union - FOCUS CineLab’ni ishga tushirdi. Laboratoriya mutlaqo bepul va ko‘plab mamlakatlarning ishtirokchilarini yig‘di.

Ayni paytda FOCUS Film rejissorlik maktabiga qabul ochiq. Yo‘nalishga kirgan talabalarga butun hayotini o‘z ishiga bag‘ishlagan 12 dan ortiq ma‘ruzachilar dars berishadi. O‘qituvchilarning to‘liq ro‘yxati va rezyumesi bilan saytida tanishish mumkin.

FOCUS rejessura maktabining asosiy mavzulari:

  •  Badiiy film dramaturgiyasi;
  •  Aktyor bilan ishlash;
  •  Tasvirga olish;
  •  Jahon va milliy kinomatografiyasi.

Aralash mavzular:

  •  kinematografiya;
  •  kinoda ovozli yechim;
  •  kinoda badiiy postanovka;
  •  tahrirlash va post postanovka;
  •  filmni suratga olishni tashkil etish;
  •  Kino marketingi;
  •  ijodkorlik psixologiyasi;
  •  taklif qilingan mehmonlarning mahorat darslari.

Format:

Nazariy darslar + Sinfda va ochiq havoda amaliy mashg‘ulotlar.

Tafsilotlar:

  • To‘liq kurs - 120 dars;
  • O‘qitish 3 bosqichda bo‘lib, har biri 40 ta darsdan iborat;
  • Haftada 5-marta, kofe tanaffusi bilan 2,5 soat davomida;
  • 1-bosqich narxi 5 000 000 so‘m (40 ta dars);
  • Ishtirokchilarning yoshi 18 yoshdan katta;
  • Har bir bosqichdan keyin bir qator imtihonlar o‘tkaziladi;
  • Imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan talabalarga, shuningdek FOCUS maktabining bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiganlarga chegirmalar beriladi;
  • O‘quv ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan ishtirokchilar treningning keyingi qismiga qabul qilinadi. Shuningdek, FOCUS kino va teatr maktabining barcha ichki tadbirlariga, shu jumladan rejissyorlik maktabi va aktyorlar studiyasining yuqori kursi laboratoriyalariga.

FOCUS bitiruvchilarining aksariyati professional kinoda ishlashni boshladilar. Trening natijalari bo‘yicha Maktabda Diplom filmlarining hisobot namoyishi o‘tkaziladi va 2 tilda (o‘zbek / ingliz) sertifikat beriladi.

O‘rinlar soni cheklangan.

Hoziroq bizga murojaat qiling: www.focusgroup.uz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Parkentda bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Dunyo
Yadroviy urushning oldini olgan SSSR zobitiga hayfsan berilishi, xotinidan qasos olish uchun samolyotni uning uyiga urgan uchuvchi, “Karavan”dagi qotillik. Kun xro...
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...