Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Jenoa” jamoasi bosh murabbiyi Rolando Maran A Seriya 13-turi doirasida “Milan”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Jamoa o‘yinda uch ochko qo‘lga kirita olmaganidan g‘azablandi, bu esa juda ko‘p narsani anglatadi. Biz g‘alaba qozonishni istagandik, ammo buni uddalay olmadik. “Milan” to‘qqiz oydan beri yutqazmayotgani tasodif emas.

Nihoyat, jamoadagi barcha futbolchilardan foydalana olyapman. Biz qator yangi uslublarni ishlab chiqyapmiz. Bu jamoani yanada xavfliroq ko‘rinishga keltirish ustida ishlayapmiz, yigitlar yaxshi ishlamoqda, ko‘plab ijobiy tomonlar bor, biroq bizga hozir g‘alaba kerak.

Jamoam yana ham xavfli bo‘lishini xohlayman, tarkibdagi barcha hujumkor harakatlarda ishtirok etishini istayman. Biz yanada kuchli bo‘lishimiz mumkin, biroq birinchi qiyin vaziyatdayoq ishonchimizni yo‘qotib qo‘yyapmiz.

Biz qiyin onlarni o‘tkazdik, uni yengib o‘tishga intildik. Hozirgi vaqtda avvalgidan ancha yaxshiroqmiz, ayniqsa, ayrim futbolchilar orqali o‘yinimiz kuchaydi. O‘zimizni yaxshi his qilyapmiz, yaqin orada musobaqa jadvalidagi holat ham yaxshilanishiga ishonamiz.

Rolando Maran, “Jenoa” bosh murabbiyi

Genuyaliklar 13-turdan keyin 7 ochko bilan 18-o‘rinda ketmoqda. Eldor Shomurodov jamoasi keyingi turni 20-dekabr kuni “Benevento”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi