Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yubordi, deb xabar bermoqda Nasafnews.

Ma’lum bo‘lishicha, Yakkabog‘ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X.R. tuman IIBga murojaat qilib, 13-noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat’iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016—2018-yillardagi jami 3031 dona yig‘ma jild ish hujjatlari yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo‘jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J. tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog‘oz yig‘uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig‘ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)