COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, universitet 2020-yil kuzda o‘qishni boshlay olmagan abituriyentlar uchun bahorgi semestrga qabulni e‘lon qiladi. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan talabalar 2021-yil 11-yanvarda o‘qishni boshlaydi va 2021-yil iyun oyida bahorgi semestr tugagandan so‘ng ular yilni yakunlash uchun zarur fanlarni Yozgi maktabda (iyul—avgust, 2021-yil) o‘qishni davom ettirishadi.
2020-yil kuzgi semestrni boshqa OTMda tahsil olgan talabalarning ilgari o‘rganilgan fanlari bilan o‘tish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, boshqa universitetdan o‘tish istagidagi talabalar yozda qo‘shimcha fanlarni o‘qishlari shart emas (agar qabul komissiyasi o‘tilgan fanlarni va dars soatlarini Britaniya Menejment universiteti 1-semestr fanlariga mos keladi deb hisoblasa).
Britaniya Menejment universiteti bahorgi semesterga (yanvar—iyun, 2021-yil) kirish uchun sizga quyidagilar kerak:
1. IELTS sertifikati minimal ball bilan ≥ 5,5 (yoki ekvivalent);
2. Universitet tomonidan o‘tkazilgan ≥ 50% natija bilan matematikadan test sinovlari.
Britaniya Menejment universiteti ish bilan ta’minlashni kafolatlaydigan va dunyoning istalgan mamlakatlarida raqobatdosh bo‘lishga imkon beruvchi talabga javob beradigan mutaxassisliklarni taklif etadi. Universitet quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi:
- bank va moliya
- xalqaro moliyaviy buxgalteriya hisobi va audit;
- quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes boshqaruvi:
- loyiha boshqaruvi;
- xalqaro logistika;
- raqamli marketing;
- tadbirkorlik va innovatsiyalar (turizm va mehmonxonalarni boshqarish sohasida)
Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumotni + 998-95-511-9999 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki universitetning Telegram sahifasiga va Instagram’dan savol yo‘llash orqali olishingiz mumkin.
Britaniya Menejment universiteti Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 272-sonli qarori bilan tashkil etilgan nodavlat universitetdir. Universitet Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2020-yil 16-oktabrda berilgan berilgan № OT 0008 litsenziyasiga muvofiq faoliyat yuritadi. Universitet diplomi O‘zbekistondagi oliy ma‘lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olingan.
Universitetning eng muhim ustun jihati bu Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoyning taniqli xalqaro universitetlarida katta tajribaga ega kuchli va chinakam xalqaro jamoaga egaligidir. Universitet professor-o‘qituvchilari orasida dunyoga mashhur universitetlarda, jumladan, Massachusets Texnologiya instituti (QS-reytingi bo‘yicha 1-o‘rin, 2021), Garvard (3-o‘rin), Cambridge (7-o‘rin), Moskva davlat universiteti (top 100), Reyding universiteti (top 250), Melbrun texnologiya instituti (top 250), Minnesot universiteti (top 250) kabi universitetlarda ilmiy darajalarni qo‘lga kiritgan yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan ko‘plab xorijiy mutaxassislar bor.
Rasmiy kanallarimizni kuzatib oling:
Veb-site: www.bmu-edu.uz
Instagram: @bmuedu
Telegram-akkaunt: t.me/BMUedubot
Telegram-kanal: https://t.me/bmuedu
Facebook: fb.com/bmuedu
E-mail: info@bmu-edu.uz
Telefon: +998-95-511-9999
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)