Futbol bo‘yicha Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 12-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Qizilqum”ni mehmon qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Igor Sergeyev “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Parallel kechgan o‘yinda “Mash’al” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Quvondiq Ro‘ziyev 33-daqiqada jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa “Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi
¼ final bahslari
12-dekabr, shanba
“Paxtakor” — “Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 – 50 Sergeyev.“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov (Anzur Ismoilov, 46), Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 74), Doston Hamdamov (Hojimat Erkinov, 84), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 79).
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Mirjalol Qosimov, Erkin Boydullayev, Oybek Qilichev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev, Jasur Azimov (Nurmetov, 61), Muhsinjon Ubaydullayev Sherali Jo‘rayev, Oleg Tolmasov, Jamshid Xasanov (Margiyev, 79).
Ogohlantirishlar: Ubaydullayev (22), Jo‘rayev (25), Sergeyev (27), Sayfiyev (29), Masharipov (43), Azimov (43), Nurmetov (67), Krimets (76).
“Mash’al” — “Qo‘qon-1912” 0:1
Gol: 0:1 – 33 Ro‘ziyev.“Mash’al”: Botir Nosirov, Ifeani Ifeani, Ibe Mishel Okoro (Najmiddin Normurodov 70) , Sherzod Temirov, Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov, Samandar Shukrullayev, Humoyun Murtozayev, Jahongir Abdusalomov (Mo‘min Meliyev 70).
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Sobit Sindarov (Shohnazar Norbekov 67), Quvondiq Ro‘ziyev (Jasur Yoqubov 78), Sardor Azimov (Sardor Yetovqo‘ziyev 90), Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov , Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Murod Xolmuhammedov.
Ogohlantirishlar: Temirov (13), Shukrullayev (26), Murtazoyev (87).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!