• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida onlayn sammit o‘tkazildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, sammit kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rin oldi. Shuningdek, jahondagi vaziyat hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini qutlar ekan, ushbu onlayn tadbir O‘zbekiston–Hindiston strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganining dalili, pandemiya oqibatlarini samarali yengib o‘tish uchun maslahatlashib olish va birgalikda yangi o‘sish nuqtalarini belgilab olish uchun imkoniyat ekanini ta’kidladilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oliy darajadagi muntazam muloqotlar va amaliy sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani, ushbu sheriklik aniq amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Faol almashinuvlar davom etmoqda. 2020-yilda Muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Hukumatlararo komissiyaning qo‘shma yig‘ilishlari, siyosiy maslahatlashuvlar hamda Markaziy Osiyo – Hindiston muloqotining ikkinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda. Global inqirozga qaramay, shu yil boshidan tovar ayirboshlash yetti foizga ko‘paygan.

    Investitsiyalar, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda. Keyingi bir necha yilning o‘zida qo‘shma korxonalar soni ko‘paydi, Toshkent va Andijon shaharlarida Hindistonning yetakchi Amiti va Sharda universitetlari filiallari ochildi.

    Mamlakatlarning yondashuvlari yaqin, ular xalqaro va mintaqaviy birlashmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasida yaqindan hamkorlik qilib, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

    Bosh vazir Narendra Modi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani bilan samimiy tabriklab, ushbu yutuq mamlakatida amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning xalqaro e’tirofi ekanini ta’kidladi.

    Muzokaralar chog‘ida davlat yetakchilari siyosiy sohada tizimli, ishonchga asoslangan muloqotni davom ettirish, jumladan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish va ular o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rta muddatli dasturini qabul qilish muhimligini qayd etdilar. Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish taklifi ilgari surildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo-iqtisodiy aloqalarda asosiy maqsad sifatida yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    O‘zaro savdoning ortishi uchun qulay sharoitlar yaratish, bu yo‘ldagi texnik to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish borasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.

    Samarali transport yo‘laklari va logistika infratuzilmasini shakllantirish, aviaqatnovlarni tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish, jumladan, Hindistonning yetakchi tashkilotlari ilg‘or texnologiyalari, texnik ko‘magi va imtiyozli moliyaviy resurslarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, muqobil energetika, farmatsevtika va tibbiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kosmik tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

    Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi, shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtatining muvaffaqiyatli sherikligi misolida hududlararo aloqalarni kengaytirishga kelishib oldi.

    Gumanitar sohada tomonlar ta’lim va kadrlar tayyorlash, kinematografiya, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvlarni rivojlantirish, milliy madaniyat va tilni o‘rganish, tarixiy meros obyektlarini restavratsiya qilish borasidagi qo‘shma dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydilar.

    Mamlakat hududlarida “Ayurveda” hind tabobati an’anaviy tizimi va telemeditsinani joriy etgan holda zamonaviy tibbiyot markazlarini tashkil etish taklif etildi. Hindiston tomoni O‘zbekiston yoga federatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammit davomida xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Yaqindan muvofiqlashuv va axborot almashinuvini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

    Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Narendra Modiga kelgusi yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni yana bir bor taklif etdi.

    Ikki mamlakat yetakchilari har doimgidek ochiq, konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida o‘tgan hamda hamkorlikda ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatgan onlayn-muzokaralar natijalaridan g‘oyatda mamnun ekanliklarini bildirdi.

    Sammit yakuni bilan tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va mustahkam sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

    Bundan tashqari, uchrashuv doirasida iqtisodiyot, innovatsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga doir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston—Turkiya maxsus xizmatlari hamkorligi: xalqaro qidiruvdagi fuqarolar ekstraditsiya qilinishi mumkin
    • O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

    11.12.2020, 20:30   Izoh (0)   16547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yakkabog‘da homilador xotini, qaynonasi va ikki bolani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan erkakning aqli zaifligi aytilmoqda

    11.12.2020, 20:06

    Foto: Qo‘qon hokimi ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun osh damladi

    11.12.2020, 19:05

    Akademik Ra’no Ubaydullayeva 84 yoshida vafot etdi

    11.12.2020, 18:52

    O‘zbekistonda bir oila uchun suyultirilgan gaz real ehtiyojga nisbatan ancha kam yetkazilayotgani ma’lum qilindi

    11.12.2020, 18:28

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Qur’on va hadis musobaqalari hech qachon to‘xtatilmagan, to‘xtatilmaydi

    11.12.2020, 18:04

    Oliy sud sobiq xodimini qasddan o‘ldirgan shaxs 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    11.12.2020, 17:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.