Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

34 yoshli futbolchi 320 ochko to‘plagan holda reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Keyingi o‘rinda “Atletiko” posboni Yan Oblak (40 ochko) qayd etilgan bo‘lsa, “Liverpul” kiperi Alisson (30) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, Tibo Kurtua (“Real”, 15 ochko), Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”, 10), Kasper Shmeyhel (“Lester”, 5), Keylor Navas (PSJ, 5) va Samir Handanovich (“Inter”, 5) kabi darvozabonlar ham ro‘yxatdan joy olgan.

Shu tariqa Noyer ushbu sovrinni beshinchi marta qo‘lga kiritgan holda, bu borada Iker Kasilyas va Janluiji Buffonga tenglashib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Noyer 2020-yilda “Bavariya” safida Bundesliga, Germaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchdi.

Avvalroq IFFHS yilning eng yaxshi murabbiylari nomini e’lon qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi