Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 1-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Madridning “Real” jamoasi “Shaxtyor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi madridliklarning ustunligida o‘tdi, biroq Zinedin Zidan shogirdlari qator vaziyatlarni ko‘kka sovurdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Dentinyo ukrainlarning hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Goldan keyin madridliklar raqib jarima maydoni yonida birorta xavfli vaziyat sodir eta olmadi. 82-daqiqada esa Manor Solomon mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa “Shaxtyor” ikkinchi o‘yinda ham “Real”ni taslim etdi va ochkolarini 7 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Real” (7)  esa uchinchi pog‘onaga tushib ketdi.

So‘nggi turda madridliklar “Borussiya M”ga qarshi maydonga tushsa, “Shaxtyor” safarda “Inter” bilan o‘ynaydi.

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida “Zalsburg”ga imkoniyatni boy berdi

Chempionlar Ligasi

5-tur bahslari

1-dekabr, seshanba

B guruhi

“Shaxtyor” Ukraina — “Real Madrid” Ispaniya 2:0

Gollar: 1:0 – 57 Dentinyo, 2:0 – 82 Solomon.

“Shaxtyor”: Trubin, Matviyenko, Vitao, Bondar, Dodo, Marlos (Maykon, 73), Tete, Stepanenko, Tayson (Solomon, 74), Kovalenko (Alan Patrik, 85), Morayes (Dentinyo, 25; Fernando Pedro, 85).

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Kroos, Edegor (Isko, 77), Asensio, Modrich, Rodrigo (Vinisius Junior, 77), Benzema (Mariano Dias, 77).

Ogohlantirish: Varan (14).

A guruhi

“Lokomotiv” Rossiya — “Zalsburg” Avstriya 1:3

Gollar: 0:1 – 28 Berisha, 0:2 – 41 Berisha, 1:2 – 79, penalti Miranchuk, 1:3 – 81 Adeyemi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda