Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 29-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

“Nasaf” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi. 8-daqiqada Marko Stanoyevich tomonidan urilgan gol qarshiliklarga g‘alaba keltirdi. Parallel o‘yinda OKMK safarda “Navbahor” bilan nursiz durang qayd etdi.

Shu tariqa “Nasaf” ochkolarini 52 taga yetkazib olgan holda olmaliqliklarni (46) 6 ochkoga ortda qoldirdi va so‘nggi tur oldidan ikkinchi o‘rin masalasini hal qildi. “Bunyodkor” (42) esa mag‘lubiyat tufayli uchinchi o‘rindagi OKMKga yetib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

“Buxoro” jamoasi “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Andijon” esa o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ga minimal hisobda yengildi. “Buxoro” 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda, “Andijon” hisobida 16 ochko bor. Buxoroliklar keyingi turda OKMK bilan o‘ynaydi, “burgutlar” esa “Paxtakor”ga qarshi saf tortadi.

Shuningdek, ligani tark etishi mumkin bo‘lgan jamoalar orasida turgan “Surxon” safarda “Metallurg”ga yutqazib qo‘ydi. 17 ochkoga ega “Surxon” so‘nggi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.

Coca-Cola Superliga

25-tur bahslari

29-noyabr, yakshanba

“Bunyodkor” — “Nasaf” 0:1

Gol: 0:1 – 8 Stanoyevich.

“Navbahor” — OKMK 0:0

 “Buxoro” — “Mash’al” 1:3

Gollar: 0:1 – 47 Murtozayev, 0:2 – 57 Okoro, 0:3 – 73 Abduraimov, 1:3 – 79 G‘iyosov.

“Metallurg” — “Surxon” 1:0

Gol: 1:0 – 84 Ubaydullayev.

“Andijon” — “Qo‘qon-1912” 0:1

Gol: 0:1 – 72, penalti Xolmuhammedov.

“So‘g‘diyona” — “Qizilqum” 1:1

Gollar: 1:0 – 48 Boltaboyev, 1:1 – 90+3 Qilichev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi