Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turida “Barselona” 29-noyabr, yakshanba kuni “Osasuna”ni qabul qildi.

Foto: Goal

Foto: Goal

Uchrashuvning 29-daqiqasida Martin Breytueyt katalonlarning kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Antuan Grizmann jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llagan holda jamoasining ikkinchi golini urdi.

57-daqiqada Filippe Koutinyo Grizmanning uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 73-daqiqada Lionel Messi ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Barselona” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Osasuna” (11) 15-pog‘onadan joy olgan.

La Liga

11-tur bahsi

29-noyabr, yakshanba

“Barselona” — “Osasuna” 4:0

Gollar: 1:0 – 29 Breytueyt, 2:0 – 42 Grizmann, 3:0 – 57 Koutino, 4:0 – 73 Messi.

“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Langle (Alenya, 67), Mingesa, Dest (Firpo, 61), Koutinyo (Dembele, 61), de Yong, Pedri (Buskets, 46), Messi, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 61).

“Osasuna”: Errera, Unai Garsiya, Navas, Ronkalya, Vidal, Monkayola, Oyer Sanxurxo (Brashanats, 64), Ruben Garsiya (Barxa, 74), Inigo Peres (Roberto Torres, 63), Xoni Rodriges (Xuan Krus, 23), Budimir (Galego, 74).

Ogohlantirishlar: Messi (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?