Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 24-turida “Mash’al” 24-noyabr, seshanba kuni “Navbahor”ni qabul qildi.

Foto: PFL

Uchrashuvning birinchi bo‘limida maydonda teng kurash bordi, biroq tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Sardor Abduraimov muborakliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Humoyun Murtazoyev jamoasining ikkinchi golini urdi.

69-daqiqada Ibe Okoro hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Gollar videosi bu yerda — video

Ushbu g‘alabadan keyin “Mash’al” ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (33) 7-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

24-tur bahsi

24-noyabr, seshanba

“Mash’al” — “Navbahor” 3:0

Gollar: 1:0 – 56 Abduraimov, 2:0 – 60 Murtozayev, 3:0 – 69 Okoro.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Ibe Mishel Okoro, Sherzod Temirov (Jahongir Abdusalomov, 89), Ella Ken Armand (Ibrohim No‘‘monov, 46), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Najmiddin Normurodov, 84), Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Humoyun Murtozayev (Mo‘minjon Meliyev, 75), Denis Vasilev.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe (Abbos G‘ulomov, 81), G‘iyos Komilov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboyev, Sardar Telyakov, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov (Tohirjon Shamsitdinov, 63), Islom Rashidxonov (Ruslan Bolov, 46), Zabihillo O‘rinboyev (Shohruh Mahmudhojiyev, 63).

Ogohlantirishlar: Ubaydullayev (45), Temirov (57), Shodmonov (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!