“Manchester Yunayted” tizimi xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Manchester Yunayted”

“Klub hujum sabab tezkor choralarni qo‘llagan va ayni damda vaziyatni o‘rganish borasida maxsus ekspertlar bilan birga ishlamoqda.

Klubning media kanallari, xususan, sayt va mobil ilovaga jabr yetmagan. Hozirda muxlislar va hamkorlarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani borasida ma’lumot yo‘q”, — deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, ushbu hujum jamoaning “Vest Bromvich”ga qarshi o‘tadigan o‘yiniga ta’sir o‘tkazmaydi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21-noyabrdan 22-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!