Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Moskvaning “Spartak” jamoasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov yangi jamoasidagi maoshi haqida fikr bildirdi.

Foto: Twitter / @fcsm_official

Foto: Twitter / @fcsm_official

“O‘zbekiston chempionati bilan solishtirganda maosh yuz barobar o‘sdimi? Mening xabarim yo‘q, otam biladi. Hamma pul unda, uyda, hammasini unga jo‘nataman.

Oylik xarajatlarga qancha beradi? Buni otam bilan muhokama qilamiz. O‘z xarajatlarimga biroz pul qoldiraman, qolgan barchasini unga jo‘nataman. Maoshim qancha ekanini bilmayman”, — deydi O‘runov.

Oston avgustda “Ufa”dan “Spartak” safiga borib qo‘shildi. Avvalroq moskvaliklar uning transferi uchun 2 million yevro sarflashi, Ostonning maoshi esa yiliga 600 ming yevro bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi